Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Qanday qilib 2021 yilda koʻproq kun dam olish mumkin

2021 yil 2 yanvar va 4 sentyabr dam olish kunlari deb e’lon qilingan . 2021 yil uchun ta’til hisob-kitobida 6-kunlik ish haftasida ularni chiqarib tashlash zarurmi?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Norma”ning kadrlar masalalari boʻyicha eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi:
- Qonunchilik “ishlanmaydigan kunlar” va “qoʻshimcha dam olish kunlari” tushunchalarini aniq ajratadi . Jumladan:
- 2 yanvar, 20 mart va 4 sentyabr (shanba kunlari), shuningdek 22 mart (dushanba) – ish haftasining turidan qat’i nazar barcha tashkilotlar uchun ishlanmaydigan kunlar etib belgilandi;
- 2 va 3 sentyabr (payshanba va juma) – bu barcha uchun qoʻshimcha dam olish kunlari. Aynan ushbu ikki kun byudjet tashkilotlarida har yillik mehnat ta’tilining davomiyligini qisqartirish hisobiga qoplanadi.
Shu bois ta’til kunlari hisob-kitobiga faqat qoʻshimcha dam olish kunlari – 2 va 3 sentyabr kiritilmaydi, 2021 yil uchun barcha toifalar uchun belgilangan umumiy ishlanmaydigan kunlar esa unga kiritilishi kerak .
“Ta’til puli” miqdorini aniqlashda unga qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni (faqat 2020 yil 2 va 3 sentyabr kunlari) qoʻshgan holda har yillik mehnat ta’tilining haqiqiy davomiyligini hisobga oling.
Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda 15 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak. Hisob-kitob tartibida “olti kunlik”lar uchun istisno mavjud emas.
Ta’tillar grafigini tuzishda хodimlarning roziligi bilan shunday hisob-kitob bilan mehnat ta’tillari taqdim etingki, ular bayram dam olish kunidan keyin boshlansin yoki bayramlar arafasida tugasin. Shu tariqa, хodimlar uchun dam olish kunlarining (ta’tilning emas) umumiy soni uzayadi.
Agar ta’til rejalashtirilgan boʻlib, boshqa, bayram dam olish vaqtiga toʻgʻrilanmagan vaqtda foydalanilayotgan boʻlsa, u 6-kunlik ish haftasidan kelib chiqib odatdagi tartibda hisoblanadi . Bayram kunlari esa PF-6122-son Farmonga asosan toʻliq hajmda foydalaniladi.
Xususiy tashkilotlarda qoʻshimcha dam olish kunlari mehnat ta’tiliga qoʻshimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.