Dekabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Sentyabrdagi dam olish kunlari hisobidan ta’til qanday hisoblanadi
Prezidentning PF-6122-son Farmoni bilan 2021 yildagi barcha bayram va qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar belgilab berildi. Soʻngra mazkur hujjat Prezidentning PF-6122-son Farmoni bilan toʻldirildi, biroq faqat Roʻza hayiti, Qurbon hayiti hamda 2021 yil 31 dekabrdagi qoʻshimcha dam olish kuniga tegishli qismida toʻldirildi. Mustaqillik kuni munosabati bilan dam olish kunlaridan foydalanish qismida hech qanday yangiliklar kiritilmadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan ish vaqti kalendari mazkur ikki farmon asosida tasdiqlandi va oʻzgartirildi, ta’tillarni rejalashtirishda, dam olish kunlari va ish kunlari hisob-kitobida ularga amal qilinishi lozim.
Shu tariqa, Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan berilgan dam olish kunlaridan foydalanish tartibi oʻtgan yilning dekabr oyida ma’lum qilingan edi. Unga muvofiq, Oʻzbekiston fuqarolari qoʻshimcha ishlab berish yoki koʻchirishlarsiz 1 dan 5 sentyabrga qadar uzluksiz dam oladilar.
Agar ular ta’til davriga toʻgʻri kelsa, syentyabrdagi dam olish kunlari qanday hisobga olinadi
1 sentyabr (chorshanba) – ishlanmaydigan bayram kuni
. Ta’tillar muddatini belgilashda u hisobga olmaymiz
.
2 va 3 sentyabr (payshanba, juma) – ish haftasi turidan qat’iy nazar barcha хodimlar uchun qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar. Byudjet tashkilotlarida mazkur kunlar, agar ta’til muddati 15 ish kunidan oshsa, yillik mehnat ta’tilining umumiy muddati ikki ish kuniga qisqarishi hisobidan kompensatsiya qilinadi. Ya’ni, byudjet tashkilotlari хodimlarining ta’tillari muddatlarini aniqlashda 2 va 3 sentyabr hisobga olinadi.
Boshqa mulkchilik shakllaridagi tashkilotlar (nobyudjet) mazkur qoʻshimcha dam olish kunlarini berish hamda ularni ta’til kunlari hisob-kitobiga qoʻshish masalasini oʻz moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda hal qiladilar.
4 sentyabr (shanba) – 5 kunlik ish haftasi uchun – dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasi uchun qoʻshimcha ishlanmaydigan kun deb e’lon qilingan. Biroq, ta’til muddati 6 kunlik ish haftasidan kelib chiqib hisoblanishi bois, 4 sentyabr barcha tashkilotlar va barcha ish rejimlari uchun ta’til kunlari hisob-kitobiga qoʻshiladi
.
5 sentyabr (yakshanba) - barcha mulkchilik turlaridagi va ish rejimlaridagi tashkilotlar хodimlari uchun umumiy dam olish kuni. Ta’tillar muddatini belgilashda u hisobga olinmaydi.
Misollar:
1. Byudjet tashkiloti хodimiga 2021 yil 16 avgustdan 24 ish kunidan iborat mehnat ta’tili beriladi. Ta’til 13 sentyabrda tugaydi, sababi ta’til kunlari hisob-kitobiga 2,3 sentyabr (PF-6122) hamda 4 sentyabr
kiradi. Ishga chiqish - 14 sentyabrda.

2. Agar byudjet tashkilotining хodimiga ta’til boshqa payt (oʻsha davrga 2-4 sentyabr toʻgʻri kelmaydi) taqdim etilsa, u 22 ish kuniga rasmiylashtiriladi, 2 va 3 sentyabr ayirib tashlanadi. Bunday holatda 2 va 3 sentyabr mehnat ta’tilining qolgan qismi hisoblanadi.
3. Ta’til kunlarini qisqartirish qismida PF-6122-son Farmon tavsiyasiga rioya qilmaydigan nobyudjet tashkiloti хodimiga 2021 yil 16 avgustdan 24 ish kunidan iborat mehnat ta’tili beriladi. Mazkur holatda ta’tilning soʻnggi kuni 15 sentyabr boʻladi, sababi 2 va 3 sentyabr ta’til hisob-kitobiga kirmaydi (PF-6122), faqat 4 sentyabr kiradi
. Ya’ni mehnat ta’tili 2, 3 sentyabr hisobidan ikki kunga uzayadi. Ishga chiqish - 16 sentyabrda.
Ta’tillar jadvalini tuzishda хodimlarning roziligi bilan shunday hisob-kitob boʻyicha mehnat ta’tili berish mumkinki, unga koʻra ta’til bayram munosabati bilan berilgan dam olish kunlaridan soʻng boshlansin yoki bayramlar arafasida yakunlansin. Shu tariqa, хodimlar uchun umumiy dam olish kunlari (ta’til emas) soni oshiriladi.
Masalan, хodimga 6 sentyabrdan (dushanba) ta’til belgilangan boʻlsa, u haqiqatda koʻproq dam oladi, chunki, 1 dan 5 sentyabrga qadar dam olish kunlari boʻladi. Yoki, aksincha, shunday hisob-kitob qilish kerakki, хodimning ta’tili 31 avgust kuni yakunlansin. Bunday vaziyatda ham хodim haqiqatda koʻproq dam oladi va ishga 6 sentyabrda chiqadi.
Valeriya LYaNDRES,
«Norma» ekspertia