Qayta tashkil etish sababli korxonada shtatlar qisqartirilishi

preview

Korxonada qayta tashkil etish sababli shtat qisqartirildi. Bu haqda tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi xabardor qilinmadi.

Bu vaziyatda ish beruvchi va uning mansabdor shaxslari qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyganmi?? Agar shunday boʻlsa mazkur qoidabuzarlik ishdan boʻshatishni gʻayriqonuniy deb topishga va kelgusida xodimlarni ishga tiklashga sabab boʻlishi mumkinmi?

 

Mehnat kodeksining 102-moddasi yettinchi qismida nazarda tutilgan tuman Bandlikka koʻmaklashish markazini xodimlarni kelgusida ishdan ozod etish haqida xabardor qilish toʻgʻrisidagi talabni bajarmaslik Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 229-moddasiga koʻra direktorning javobgarligiga sabab boʻladi.

Mazkur holatda xabardor qilmaslik sud tomonidan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini gʻayriqonuniy ravishda bekor qilish deb topilishi va ularni ishga tiklash uchun asos hisoblanmaydi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ish beruvchidan zararni undirishga oid ma’lumotlar bazasi Ish beruvchidan zararni undirishga oid ma’lumotlar bazasi Ish beruvchidan zararni undirishga oid ma’lumotlar bazasi /oz/publish/doc/text176222_kayta_tashkil_etish_sababli_korhonada_shtat_kiskartirdi