Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Ish oʻrinlari boʻyicha kvotalarni bajarmaslik oqibatlari
Korxona togʻ-ma’dan sanoatida faoliyat yuritadi. Har yili shahar hokimiyati unga ish joylarini band qilib qoʻyish uchun me’yor belgilaydi. Korxona mazkur talabni bajarmasa, qanday oqibatlar kelib chiqishi mumkin? Buning uchun korxonaga jarima solinishi mumkinmi?
Yoʻq, band qilib qoʻyish me’yorlarini bajarmaganlik uchun yuridik shaxsga jarima solinmaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat qoʻshimcha kafolatlarni ta’minlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir qarorlarini bajarmaslik tashkilotlar mansabdor shaxslari (rahbarlari)ning ma’muriy javobgarligiga sabab boʻladi (1998-yil 1-maydagi 616-I-son Qonun bilan tasdiqlangan tahrirdagi "Aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisida"gi Qonunning 18-moddasi uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 50-moddasi).