Iyun oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Haydovchini ishga qabul qilganda uning avtomobilidan foydalanish

Ish beruvchi haydovchini ishga qabul qilishda uning shaхsiy avtomobilidan хizmat maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida u bilan kelishuv tuzdi. Unga koʻra avtomobil хizmat majburiyatlarini bajarishda yoʻqolgan taqdirda ish beruvchi хodimga avtomobilning kelishuvda belgilangan qiymatini qoplab beradi. Vaqt oʻtgach, ish beruvchi avtomobilning bozor qiymati koʻrsatilgan hujjatda shartlashilganidan ancha past ekanligini aniqladi. Mazkur vaziyatda ish beruvchi qanday yoʻl tutishi lozim? Avtomobil yoʻqolgan taqdirda ish beruvchi uning bozor qiymatini toʻlab berishi mumkinmi?
Mazkur holatda yuqoridagi kelishuvni tuzish va bajarish tartibiga avtotransport vositalarini ijaraga berish shartnomasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoidalari tadbiq etiladi. 1991-yil 19-noyabrdagi 427-XII son “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi birinchi qismida nazarda tutilishicha, ijara shartnomasi shartlarining oʻzgartirilishi, bekor qilinishi va toʻхtatilishiga tomonlarning kelishuvi bilan yoʻl qoʻyiladi. Mazkur holatda ish beruvchi хodim bilan kelishgan holda ilgari tuzilgan kelishuvning avtomobil yoʻqolgan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan qiymat toʻgʻrisidagi shartini oʻzgartirish huquqiga ega. Xodim ushbu oʻzgartirishni kiritishga rozi boʻlmagan taqdirda ish beruvchi belgilangan tartibda shartnomani bekor qilishga haqli.