Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Eski namunadagi mehnat daftarchasi oʻrniga dublikat rasmiylashtirish
Tashkilotga xodim qabul qilindi. U eski namunadagi mehnat daftarchasini olib keldi. Bu vaziyatda kadrlar boʻyicha inspektor qanday yoʻl tutishi kerak? Ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi yozuvni mazkur daftarchaga kiritish yoki oʻrnatilgan tartibda yangisini rasmiylashtirish kerakmi?
Ushbu daftarchaga qonun hujjatlarini buzgan holda berilgani uchun ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi yozuvni kiritish mumkin emas. .
Mazkur vaziyatda Davlat mehnat inspeksiyasi talablariga muvofiq hozirgi ish beruvchi Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnomaning (AV tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan roʻyxatga olingan) IV boʻlimida oʻrnatilgan qoidalar boʻyicha amalda boʻlgan namuna blankasida mehnat daftarchasining dublikatini rasmiylashtirishi va ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi yozuvni unga kiritishi zarur.