Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha xizmat koʻrsatishga xos jihat
Korxonada bir nechta shaxs xizmat koʻrsatish shartnomaci boʻyicha ishlaydi. Ularga toʻlanadigan pul mablagʻlaridan oʻrnatilgan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi ushlab qolinadi. Mazkur shaxslar ish davri mehnat stajiga kirishini va toʻlovlardan soliq ushlab qolinayotganini vaj qilib, kadrlar boʻlimidan ularga mehnat daftarchasi rasmiylashtirishni soʻrashdi. Ular bilan mehnat shartnomalari tuzilmagani uchun kadrlar boʻyicha inspektorda bu borada shubha uygʻondi.
Mazkur shaxslarga mehnat daftarchalarini rasmiylashtirish va ularga yuqoridagi shartnomalar boʻyicha ish vaqti haqidagi yozuvlarni kiritish kerakmi?
Yoʻq, fuqarolik-huquqiy shartnomalari boʻyicha xizmat koʻrsatayotgan shaxslarga Mehnat kodeksi va boshqa mehnat qonun hujjatlari normalari tadbiq etilmaydi. Mazkur shaxslarga mehnat daftarchalarini rasmiylashtirish nazarda tutilmagan.
Fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha ishlarni bajarish davri (2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun) mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblash sharti bilan ish stajiga qoʻshib hisoblanadi (VMning 2011-yil 8-sentyabrdagi 252-son Qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizomning 47-bandi).