Mehnat daftarchasidagi хato yozuvni tuzatish

preview

Mehnat daftarchasi toʻldirilayotganda “Tugʻilgan sanasi va yili” ustuniga ishga kirgan sana yozib qoʻyildi. Bu qoidabuzarlik hisoblanadimi va buning uchun jarima solinishi mumkinmi? Buni qanday tuzatish mumkin?

 

Mazkur yozuv хato hisoblanadi. Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnomada (AV tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan roʻyхatga olingan) buni tuzatish tartibi nazarda tutilmagan. Huquqni qoʻllash amaliyotida mazkur yozuvni ehtiyotkorlik bilan bir chiziq bilan oʻchirib, yuqoridan esa toʻgʻrisi kiritiladi. Qonun hujjatlarida mazkur holatda javobgarlik nazarda tutilmagan.

 

Mehnat daftarchalariga oʻzgartirishlar kiritish va notoʻgʻri yozuvlarni tuzatish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Mehnat daftarchalariga oʻzgartirishlar kiritish va notoʻgʻri yozuvlarni tuzatish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Mehnat daftarchalariga oʻzgartirishlar kiritish va notoʻgʻri yozuvlarni tuzatish toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi /oz/publish/doc/text176235_mehnat_daftarchasi_tuldirilaetganda_tugilgan_sanas