Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Asosiy va oʻrindoshlik ish joylarini almashtirish

Xodim ikki joyda: asosiy ish joyi va oʻrindoshlik asosida ishlaydi. U hozirda oʻrindosh hisoblangan B tashkilotga doimiy asosda joylashib, mehnat daftarchasi rasmiylashtirilgan A tashkilot bilan mehnat shartnomasini oʻrindoshlik shartlarida qayta tuzmoqchi. Bu ikki tashkilotdan qaysi biri mehnat daftarchasiga oʻrindoshlik asosidagi joriy ish davri toʻgʻrisidagi yozuvni kiritishi kerak?
Bunday yozuvni хodim asosiy ish joyi boʻyicha rasmiylashtirilgan A tashkilot kiritadi. Mazkur holatda B tashkilot oʻrindoshlik asosida tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishi va хodimga Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining "Oʻrindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirish uchun asosiy ish joyidan beriladigan ma’lumotnoma hamda oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan ma’lumotnoma shakllarini tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 2013-yil 29-yanvarda 2417-son bilan roʻyхatga olingan) bilan tasdiqlangan shaklda ma’lumotnoma berishi zarur. Mazkur hujjatga asosan хodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan A tashkilotning kadrlar boʻlimi oʻrindoshlik asosidagi ish davri haqida yozuv kiritadi.