Ta’tillar jadvalini buzish holatlari

preview

Korxonada kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan yillik ta’tillarni berish jadvali tasdiqlangan. Biroq, ish beruvchi xodimga intizomiy jazosi borligi uchun jadval boʻyicha lozim boʻlgan ta’tilni yoz davrida berishni rad etdi. Yoz oʻtdi va xodim ta’tildan belgilangan davrda foydalana olmadi.

Bu qonuniymi? Kasaba uyushmasi qoʻmitasi jadvalning ijro etilishini nazorat qilishi kerakmi?

 

Bu noqonuniy. Ta’tillar jadvali ish beruvchi va xodim bajarishi shart boʻlgan lokal normativ hujjat sanaladi. Ish beruvchi ham, xodim ham jadvalda belgilab qoʻyilgan ta’tilga ketish vaqtini bir taraflama tartibda almashtirishga haqli emas. Mehnat kodeksining 144-moddasida barcha tashkilotlarda uni tasdiqlashning majburiy ekanligi belgilab qoʻyilgan, unga muvofiq tashkilot xodimlariga ularning vakillik organi bilan kelishuvga koʻra ta’til berish navbati belgilanadi.

Agar xodimni jadval bilan belgilangan ta’til vaqti qanoatlantirmasa, u ish beruvchiga va vakillik organiga uni oʻzgartirish iltimosi bilan murojaat qilishi mumkin.

Tasdiqlangan ta’tillar jadvali tashkilotdagi barcha xodimlarga yetkaziladi. Odatda jadval boʻlinmalarda ilib qoʻyiladi yoki xodimlar u bilan tilxat bergan holda tanishtiriladi. Ish beruvchi har bir xodimni ta’til boshlanishidan kamida 15 kun oldin bu haqda xabardor qilishi kerak (MKning 144-moddasi).

Xodimga intizomiy jazo qoʻllanilganligi sababli yillik ta’tilni bermaslik mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan. Agar ish beruvchi ta’til berish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etmasa va tasdiqlangan ta’tillar jadvalini buzsa, xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish uchun nazorat qiluvchi organlarga (Davlat mehnat inspeksiyasi, prokuraturaga) yoki mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organlarga (korxonaning mehnat nizolari komissiyasiga, sudga) murojaat qilishga haqli.

Ta’til berish jadvali ijrosini nazorat qilish majburiyati xodimlarning vakillik organi zimmasiga ham tushadi (MKning 9-moddasi).

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ta’tillar jadvalini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Ta’tillar jadvalini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi Ta’tillar jadvalini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi vaziyatlarning ma’lumotlar bazasi /oz/publish/doc/text176247_korhonada_yillik_tatillarni_berish_jadvali_tasdiklash