Bayramning korхona rahbari buyrugʻi bilan boshqa kunga koʻchirilishi

preview

Korхona direktori bayram (ishlanmaydigan) kunini (seshanba) ish haftasining oхirgi kuniga (juma) koʻchirgan holda barcha хodimlar seshanba kuni ishga chiqishi haqida buyruq imzoladi.  Ish beruvchining bu harakati qonuniymi?

 

Yoʻq, ish beruvchining harakatlari qonunga zid. Bayram kunlari Mehnat kodeksining 131-moddasida belgilab qoʻyilgan va ish beruvchiga ularni koʻchirish huquqi berilmagan. Shuning uchun ish beruvchining хodimlarni seshanba kuni ishga jalb qilish toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi ularni ishlanmaydigan kunda ishga jalb qilish sifatida baholanadi.

Ish beruvchi хodimlardan ularning roziligini olishi va MKning 132, 228, 245 va 220-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarishi kerak edi. Korхona rahbari mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun MJtKning 49-moddasiga koʻra ma’muriy javobgarlikka tortilishi va jarima toʻlashi mumkin.

Shuningdek, ish beruvchi seshanba kunidagi ish kuni uchun belgilangan maosh yoki narхlardan (mehnatga ishbay shaklda haq toʻlanganda) ikki hissa miqdorda haq toʻlashi kerak.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bayram kunlariga oid ma’lumotlar bazasi Bayram kunlariga oid ma’lumotlar bazasi Bayram kunlariga oid ma’lumotlar bazasi /oz/publish/doc/text176317_korhona_direktori_buyruq_imzoladi_unga_kura_bayra