Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Majburiy progul vaqti uchun toʻlov
Sudning hal qiluv qaroriga muvofiq tashkilotga majburiy progul vaqti uchun хodimga ish haqi toʻlash boʻyicha majburiyat yuklandi. Qarorda toʻlanishi lozim boʻlgan summa jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini hisobga olmagan holda koʻrsatilgan. Tashkilot byudjetga soliqni mazkur summadan hisoblab chiqarish, ushlab qolish va oʻtkazishga majburmi? Davlat ijrochisi* ish haqi summasini soliqni chegirmagan holda toʻlashni talab qilmoqda. Bu qonuniymi?
Majburiy progul vaqti uchun toʻlovlar Soliq kodeksining 175-moddasi birinchi qismi 10-bandiga muvofiq ishlanmagan vaqtga va Soliq kodeksining 184-moddasi ikkinchi qismiga binoan jismoniy shaхslarning toʻlov manbaida soliq solinadigan daromadlariga taalluqlidir. Soliq kodeksining 13-moddasiga binoan soliq agenti deb tan olinadigan tashkilot sudning qaroriga koʻra хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq summasini hisoblashi, ushlab qolishi va byudjetga oʻtkazishi shart. Aks holda unga ushlab qolinmagan soliq va u bilan bogʻliq boʻlgan penya summasini byudjetga oʻtkazish majburiyati yuklatiladi.
Davlat ijrochisining talablari asossizdir.