Iyul oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Xodimda bir nechta mehnat daftarchasi mavjudligi aniqlangan holatlar

Xodim tashkilotda mehnat daftarchasining dublikati boʻyicha ishlayotgani ma’lum boʻldi. Unda boshqa tashkilotda ochilgan yana bir mehnat daftarchasi mavjud va хodim u yerda ham asosiy ish boʻyicha ishlaydi. Bu хodimga nisbatan qanday yoʻl tutiladi? Uni ishdan boʻshatish mumkinmi?
Xodimda bir nechta mehnat daftarchasi boʻlishi va bir vaqtning oʻzida boshqa-boshqa ish beruvchilar tomonidan yuritilishi amaldagi mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan. Balki har bir хodimga faqatgina bitta mehnat daftarchasi rasmiylashtirilishi nazarda tutilgan, agar хodimda ayrim sabablarga koʻra ikkita yoki bir nechta mehnat daftarchasi boʻlsa, qolganlari aniqlanishi bilan ish beruvchi tomonidan yoʻq qilinadi. Bu holda ish beruvchi ushbu mehnat daftarchalaridagi yozuvlar uchun javobgar boʻlmaydi.
Ish beruvchi хodimda ikkita mehnat daftarchasi mavjudligi fakti aniqlanganligi toʻgʻrisida, mehnat daftarchasining dublikatini yoʻq qilish haqida bayonnoma tuzishi va хodimni oʻrindoshlik asosida rasmiylashtirishi kerak, chunki unda mehnat daftarchasi turgan asosiy ish joyi mavjud.
Xodimning ishdan boʻshatilishi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi kerak.