Ish beruvchining xodim mulkiga yetkazilgan zarar uchun javobgarligi

preview

Tavsiyada:

– xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik qachon yuzaga keladi;
– xodimga zararni qoplash qanday rasmiylashtiriladi.

Ish beruvchining xodim oldidagi moddiy javobgarligi xodimning mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda yuzaga keladi .

Agar zarar ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi boʻyicha oʻzining majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi natijasida yetkazilgan boʻlsa, xodimning shaxsiy buyumlariga yoki boshqa mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplang .

Zararni natura shaklida qoplang. Bu  mumkin boʻlmagan taqdirda yoki xodimning roziligi bilan – bozor narxi boʻyicha toʻla hajmda qoplang.

Misol
Ish beruvchi tomonidan oʻzining majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganlik
Ish beruvchi maxsus kiyimda ishlaydigan xodimlarni shaxsiy kiyimlarni saqlash uchun maxsus jihozlangan javonlar bilan ta’minlamadi. Shu boisdan maxsus kiyim yoʻqolganda yoki unga zarar yetkazilganda ish beruvchi xodimlarga yetkazilgan zararni qoplab berishi kerak.

Shuningdek, xodimning tashkilot manfaatlarida foydalaniladigan mol-mulkiga shikast yetkazilganda yoki yoʻqotilganda zararni qoplang: asbob-uskunalar, texnik vositalar, shaxsiy transport va boshqalar shular jumlasidan .

Qoplashni quyidagi koʻrinishda rasmiylashtiring:

  • ta’mirlashni toʻlash;
  • oʻxshashini mol-mulk qiymati boʻyicha berish;
  • mol-mulkning bozor narxini toʻlab berish .
Misol
Korxonada xodimning shaxsiy mol-mulkidan foydalaniladi
Korxonada ishlab chiqarish maqsadlarida xodimga tegishli tikuv mashinasi ishlatiladi. Ish hajmi koʻpligi bois uskunaga zarar yetdi.
Ish beruvchi xodim talabiga koʻra tikuv mashinasining ta’mirini toʻlab berishi kerak. Bu mumkin boʻlmasa – xuddi shu rusum va sifatdagi boshqa tikuv mashinasini taqdim etishi, yoki zarar yetgan uskunaning bozor qiymati va eskirishini hisobga olgan holda narxini toʻlab berishi kerak.

Yetkazilgan zarar oʻrnini qoplashni qanday rasmiylashtirish kerak 

Yetkazilgan zararni oʻrnini qoplash uchun, agar nizolar boʻlmasa, xodimdan tashkilot rahbari nomiga qoplab berish asosi, shakli va miqdorini koʻrsatgan holda arizani oling.

Arizani roʻyxatdan oʻtkazing va kelib tushgan paytdan 10 kun davomida koʻrib chiqing . Zarur boʻlganda zararning oʻrnini qoplashni arizachi bilan muhokama qiling.

Agar arz qilingan talablarni tan olsangiz, xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisida buyruq chiqaring. Agar siz xodimning talablaridan norozi boʻlsangiz, asoslantirilgan yozma raddiya tuzing. Buyruq nusxasini yoki yozma rad etishni xodimga imzo qoʻydirgan holda topshiring yoki qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kun muddatda pochta orqali joʻnating. Xodim keyinchalik fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilishga haqli.

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda ish beruvchining moliyaviy javobgarligi-ish beruvchining moliyaviy javobgarligi turlari, ish beruvchining moliyaviy javobgarligining Qonunchilik normalari oʻzbekistonda ish beruvchining moliyaviy javobgarligi, ish beruvchining moliyaviy javobgarligi, ish beruvchining moliyaviy javobgarligini roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekistonda ish beruvchining moliyaviy javobgarligi. Bu yerda siz ish beruvchining moliyaviy javobgarligini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ma’lumot topishingiz mumkin. Ish beruvchining moliyaviy javobgarligini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalar. Ish beruvchining moliyaviy javobgarligi haqida kadrovik.uz /oz/publish/doc/text176413_ish_beruvchining_hodim_mulkiga_etkazilgan_zarar_uchun_javobgarligi