Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Sud ishdan haydalgan хodimni tikladi. Nima qilish kerak?
Sobiq хodim ishdan haydalishini noqonuniy deb hisoblab, sudga ishiga tiklash haqida da’vo bilan chiqdi. Sud da’voni qanoatlantirdi. Ish beruvchi keyinchalik qanday harakat qilishi kerakligi haqida “Norma” eksperti yurist Lenara XIKMATOVA soʻz yuritadi:
Agar hal qiluv qarori kuchga kirmagan boʻlsa, uni ijro etish kerakmi?
– “Odatda, sud tomonidan hal qiluv qarori хodim foydasiga qabul qilinganidan soʻng, koʻpchilik ish beruvchilar keyin nima qilishni bilmaydilar. Koʻpincha ular sudning qarori hali kuchga kirmaganligi sababli uni ijro etish shart emas deb hisoblab, ijro qilmaydilar. Bu notoʻgʻri.
Albatta, agar ish beruvchi birinchi instansiya sudining hal qiluv qaroridan norozi boʻlsa, u qaror chiqarilgan kundan 1 oy davomida apellyatsiya instansiyasida da’vo qilishi mumkin . Umumiy qoidalar boʻyicha birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, apellyatsiya shikoyati (protest) berish muddati oʻtganidan keyin, ya’ni bir oydan keyin qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda, hal qiluv qarori, ishni apellyatsiya instansiyasi sudi koʻrib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi .
Lekin mazkur qoidadan istisno holatlar mavjud.
Sudning ayrim qarorlari darhol ijro qilinishi lozim . Ular qatorida – mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan хodimni ishga tiklash toʻgʻrisidagi qarori mavjud. Bunda, agar ish beruvchi bunday qarorni ijro qilinishini kechiktirsa, sud uni хodimga kechiktirilgan butun vaqt uchun oʻrtacha ish haqini toʻliq miqdorda toʻlashga majbur qiladi .
Shunday qilib, agar sud хodimni avvalgi ishiga tiklasa, tashkilot ushbu qarorni quyidagilardan qat’iy nazar, darhol ijro qilishga majbur:
- ish beruvchi bunga rozi yoki yoʻqmi;
- u kuchga kirgan yoki yoʻqmi;
- u da’vo qilinadimi.
Qaror bor – ijro qilinishi shart.
Agar hal qiluv qarorida uni ijro qilish haqida aytilmagan boʻlsa, darhol ijro qilish kerakmi?
FPK 255-moddaga muvofiq, sud hal qiluv qarori darhol ijro etilishini zarur deb topgan hollarda, bu haqda hal qiluv qarorida koʻrsatiladi. Biroq bari bir ish beruvchi ishdan boʻshatilgan хodimni sudning ishga tiklash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini darhol ijro etishga majbur, sababi bu normativ-huquqiy hujjat bilan toʻgʻridan-toʻgʻri belgilangan.
“Darhol” degan soʻzni qanday tushunish kerak?
Ish beruvchi хodimni hal qiluv qarori oʻqib eshittirilgan kuni tiklashga majburmi? Agar u 17.00 da oʻqib eshittirilgan boʻlsa-chi? Qonun bu savolga javob bermaydi. Lekin, qoʻllanilgan amaliyot boʻyicha хodim oʻzining mehnat majburiyatlarini bajarishga sud hal qiluv qarori chiqarilgandan kundan keyingi kuni kirishadi, ish beruvchi esa uni ishga qoʻyishga majbur. Ya’ni – sudning hal qiluv qarori chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay ish beruvchi хodimni ishga tiklash toʻgʻrisida hamda u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Hal qiluv qarorini tomonlarga “qoʻlga” berishmasa, uni darhol ijro etish kerakmi?
Qoida boʻyicha, tomonlarga sudning hal qiluv qarorini e’lon qilingan kuni bermaydilar. Odatda, bu qaror chiqarilgan kundan 5 kun oʻtib sodir boʻladi, ayrim hollarda kechroq ham boʻladi.
Agar qaror oʻqib eshittirilishida ish beruvchining vakili hozir boʻlgan boʻlsa, javob bitta – sudning hal qiluv qarorini “qoʻliga” olmasdan хodimni ishga tiklash lozim (aхir ish beruvchining vakili uni eshitdi).
Agar qaror ish beruvchining vakilisiz e’lon qilingan boʻlsa (masalan, sirtdan ish yuritishda), ish beruvchi хodimning faqatgina uni tiklash toʻgʻrisidagi ogʻzaki arizasiga asoslana olmaydi. Mazkur holatda хodimdan qarorni taqdim qilish yoki uni tegishli suddan olishni talab etish lozim.