Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Tashkilotga kontragentdan shikoyat kelib tushdi. Direktor yuridik va buxgalteriya xizmatlari ishtirokida majlis chaqirish boʻyicha farmoyish chiqardi. Bosh buxgalter mehnat ta’tilida edi va davolanishdan oʻtayotganligini vaj qilib ishga chiqishdan bosh tortdi. Farmoyishni ijro etishni rad etganlik uchun direktor bosh buxgalterni ishdan boʻshatish toʻgʻrisida buyruq chiqardi. Ish beruvchining harakatlari qonuniymi?
– Yoʻq, qonuniy emas.
MKning 147-moddaga muvofiq ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Ish beruvchining ta’tildan chaqirib olish toʻgʻrisidagi farmoyishini bajarishni rad etish mehnat intizomini buzish va mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos hisoblanmaydi. Shuningdek, MKning 100-m. 3-q. ga asosan xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda boʻlgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno. Agar sud mehnat shartnomasini bekor qilinishini noqonuniy deb tan olsa, xodim avvalgi ish joyiga, unga quyidagilarni toʻlagan holda tiklanishi MK 111-m mumkin:
