Ishga qabul qilishda tez-tez uchraydigan xatolar

preview

Sinov muddati davrida pasaytirilgan oylik maoshi

Dastlabki sinov davrida ish beruvchi xodimga pasaytirilgan oylik maoshi toʻlaydi.

Bunda Mehnat kodeksining 86-moddasi 1-qismi buzilgan. Xodimning sinov muddati davomida mehnatiga haq toʻlash u egallab turgan lavozimga muvofiq toʻliq hajmda amalga oshirilishi shart. Direktorga Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi boʻyicha jarima solinishi mumkin.

Pul mablagʻining toʻlanmagan qismini toʻlab bering.


Sinov muddati davriga mehnat shartnomasi tuzilmasligi

Ishga qabul qilishda direktor xodim bilan mehnat shartnomasini tuzmaydi. Unga oʻzining kasbiy mahoratini i jamoada ishlay olish qobiliyatini koʻrsatish uchun muddat beriladi.

Bu vaziyatda Mehnat kodeksining 72-moddasi 1-qismi hamda 74-moddasi 1-qismi buzilgan. Ishga qabul qilishda yozma mehnat shartnomasi tuzilishi shart. Dastlabki sinov mehnat shartnomasiga asosan belgilanadi, aksincha emas.

Direktorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi boʻyicha jarima sanksiyalari qoʻllanishi mumkin.

Xodimning oʻz mutaxassisligi (lavozimi) boʻyicha ishga qoʻyilishi bilan ishga qabul rasmiylashtirilishidan qat’iy nazar ish faoliyati boshlangan kundan mehnat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi . Xodimning ishga qoʻyilgan vaqtidan boshlab, ish beruvchi uchun unga oylik maoshi toʻlash va boshqa mehnat normalariga rioya etish majburiyati yuzaga keladi.

Nazorat qiluvchi organlar mehnat shartnomasini rasmiylashtirish  boʻyicha koʻrsatma berishi mumkin.

Mehnat shartnomasini ikki nusxada rasmiylashtiring va ulardan birini xodimga imzo ostida taqdim qiling. Ishga olish haqida buyruq chiqaring.


Qonunchilik talabiga koʻra majburiy boʻlgan tibbiy xulosaning yoʻqligi

Tibbiy koʻrik – alohida toifadagi xodimlarni ishga qabul qilishdagi asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Bunday xodimlarning roʻyxati Mehnat kodeksining 214-moddasida keltirilgan. Bunda ish beruvchi dastlabki tibbiy xulosasiz ularni ishga olishga haqli emas.

Majburiy dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxsga oʻz xizmat vazifasini bajarishiga ruxsat berganligi uchun ish beruvchi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Nomzodga tibbiy tekshiruvdan oʻtishi uchun davolash-profilaktika muassasasiga yoʻllanma bering. Ijobiy tibbiy xulosaga asosan mehnat shartnomasini tuzing.

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda ishga qabul qilish - ishga joylashish shartlari, ishga joylashishni roʻyxatdan oʻtkazish ishga qabul qilish, ishga joylashtirish, ishga qabul qilish tartibi, ishga qabul qilish uchun hujjatlar, oʻzbekistonda ishga qabul qilish Oʻzbekistonda ishga qabul qilish. Oʻzbekistonda ishga yollash haqida koʻproq bilib oling. Ishga qabul qilish shartlari, ishga qabul qilish tartibi, ishga kirishda talab qilinadigan hujjatlar /oz/publish/doc/text176676_ishga_qabul_qilishda_tez-tez_uchraydigan_hatolar