Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Xodim ish haqidan aliment toʻlash
Tashkilotga xodimdan aliment undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻi kelib tushdi, unda “17 oktyabrdan boshlab undirilsin” deb koʻrsatilgan. Ish beruvchi oktyabr uchun aliment hisoblash uchun notoʻliq oyni, ya’ni 17 oktyabrdan 31 oktyabrgacha oladimi yoki toʻliq oyni 1 oktyabrdan 31 oktyabrgacha oladimi?
Tashkilot alimentni xodimga 17 oktyabrdan 31 oktyabrgacha boʻlgan davr uchun hisoblangan ish haqidan ushlab qolishi lozim.