Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Notoʻgʻri toʻlangan ish haqini qaytarish
Ishga qabul qilingandan soʻng yarim yil davomida xodimga shtat boʻyicha 2 200 000 soʻm oʻrniga 3 500 000 soʻm ish haqi toʻlanganligi aniqlandi. Ish haqi notoʻgʻri toʻlanganligi vaji bilan xodimga ikki oydan buyon haq toʻlanmadi. Bu qonuniymi?
Yoʻq, bu noqonuniy. Mehnat kodeksining 279-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻlangan, jumladan, qonunni notoʻgʻri qoʻllash oqibatida toʻlangan ortiqcha ish haqi qayta undirib olinishi mumkin emas, hisob-kitobda yoʻl qoʻyilgan xato oqibatidagi ortiqcha toʻlovlar bundan mustasno. Bu holatda ushlanmalar mehnat haqining 50 foizidan ortib ketmasligi kerak. Xodim buxgalteriya tomonidan buzilgan huquqlarini mehnat nizolari komissiyasi yoki sudga murojaat etish orqali tiklashga haqli (Mehnat kodeksining 260-moddasi).