Sinov muddatidan oʻta olmagan xodimni ishdan boʻshatish

preview

Tashkilot sinov muddatidan oʻtmagan xodimni ishdan boʻshatdi. U buyruqqa imzo chekib, tanishtirilgan edi. Endi xodim ishga tiklanish maqsadida  ishdan boʻshatish haqida ogohlantirilmaganini vaj qilib, shikoyat yozdi.

Xodimning harakatlari asoslimi?

 

Mehnat shartnomasini qoniqarsiz sinov natijalari sababli bekor qilish tartibiga rioya qilish uchun faqatgina mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning oʻzi yetarli emas. Yana yozma xabarnoma ham boʻlishi kerak.

MKning 87-moddasi birinchi va ikkinchi qismiga muvofiq xodim sinovdan oʻta olmasa ish beruvchi uni bu haqda 3 kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, u bilan mehnat shartnomasini sinov muddati tugashidan oldin bekor qilishga haqli.

Mazkur normaga rioya etmaslik (mehnat shartnomasini 3 kun oldin yozma ravishda ogohlantirib yoki ogohlantirmasdan bekor qilish) qoidabuzarlik hisoblanadi, buning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasida aybdor mansabdor shaxsga nisbatan jarima nazarda tutilgan. Mehnat shartnomasini koʻrsatib oʻtilgan normani buzgan holda bekor qilish sud tartibida gʻayriqonuniy deb topilishi va xodim majburiy progul vaqti uchun haq toʻlangan holda ishga tiklanishi mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Dastlabki sinov davriga oid ma’lumotlar bazasi Dastlabki sinov davriga oid ma’lumotlar bazasi Dastlabki sinov davriga oid ma’lumotlar bazasi /oz/publish/doc/text177780_sinov_muddatidan_uta_olmagan_hodimni_ishdan_bushatish