Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Ish haqi saqlanmagan ta’til davomiyligi
Xodimlardan birining qaramogʻida keksa otasi bor. Otasining kasalligi va doimiy ravishda ishdan ketish zaruriyati tufayli xodim ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishni soʻrab ariza bilan murojaat qildi.
Ish beruvchi mazkur ta’tilni koʻpi bilan qancha muddatga berishi mumkin?
Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til davri xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi. Ta’til oʻn ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq boʻlmasligi kerak
.
Ish beruvchi tashkilot faoliyati bilan bogʻliq ishlab chiqarish va boshqa sabablarga koʻra xodimga mazkur ta’tilni u soʻragan muddatga berishni rad etishga haqli.