Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Ogohlantirish muddatini pullik kompensatsiya bilan almashtirish
Ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasini dastlabki sinovning qoniqarsiz natijalariga koʻra bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirilgan xodim 3 kunlik ogohlantirish muddati davomida ishini uzaytirish uchun ma’lum harakatlarni amalga oshirishi va sinov muddati tugagach, misol uchun, kasallik varaqasini taqdim etishi mumkin.
Ogohlantirish muddatini pullik kompensatsiya bilan almashtirib, xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkinmi?
Yoʻq, mumkin emas. Mehnat kodeksida sinov muddati tugashi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi 3 kunlik ogohlantirish muddatini pullik kompensatsiya bilan almashtirish mumkinligi nazarda tutilmagan.