Shifokorga borgan xodim “kasallik varaqasi”ni olib kelmasa

preview

Xodim ishga chiqmay, bir necha kun davomida tibbiy tekshiruvdan oʻtdi. Keyinchalik tibbiy ma’lumotnomalar va xulosalarni olib keldi, biroq kasallik varaqasini taqdim etmadi. Bu holda ish beruvchi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini toʻlashga majburmi?

 

– Yoʻq, majbur emas.

Shaxsni ishdan ozod qilish va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlash uchun asos boʻladigan hujjat vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi hisoblanadi  .

Fuqarolarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob a’zosini parvarishlaganligi, protez qoʻydirganligi, sanatoriy-kurortda davolanganligi, shuningdek sogʻligʻi holatiga koʻra boshqa ishga oʻtkazish uchun va karantin tufayli mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertiza qilish natijalariga koʻra aniqlangan mehnatga vaqtincha layoqatsizligi mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan tasdiqlanadi .

Xodim taqdim etgan, tibbiy tekshiruv yakunlariga koʻra berilgan ma’lumotnomalar va xulosalar vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining oʻrnini bosmaydi va ish beruvchiga unga tegishli nafaqa toʻlash majburiyatini yuklamaydi.


Oʻzbekistonda ish haqi - xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar, xodimlarga barcha turdagi toʻlovlar oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash, oʻzbekistonda haq toʻlash turlari, oʻzbekistonda haq toʻlash shakllari, ish haqi va boshqa toʻlovlar Oʻzbekistonda xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlar. Bu yerda siz Oʻzbekistondagi ish haqi va xodimlarga toʻlanadigan boshqa toʻlovlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Tashkilotlarda turli xil toʻlovlar qanday amalga oshiriladi va kadrlar boʻlimi xodimi nimani bilishi kerak /oz/publish/doc/text177946_shifokorga_borgan_hodim_kasallik_varaqasini_olib_kelmasa