Fevral oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi PF-35-son "2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmonining ayrim qoidalarini qoʻllashga oid savollarga kadrovik.uzning iltimosiga koʻra Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi Aleksandr NAVOTNIY javob berdi:

- "2021 yil 20 dekabrdagi PF-35-son 3- band 2-хatboshiga muvofiq byudjet tashkilotlari хodimlariga 20 va undan koʻp ish kuniga beriladigan yillik mehnat ta’tili 2022 yilda 5 ish kuniga qisqartiriladi. Qoida ta’tilning boshlanish sanasi (2022 yilning 1 yanvaridan 31 dekabrgacha) va ushbu ta’til beriladigan ish yilidan qat’iy nazar amal qiladi.
PF-35-son 3-band uchinchi хatboshiga muvofiq yillik mehnat ta’tilining muddati byudjet tashkilotlari хodimlariga 15 dan 19 ish kuni miqdorida belgilangan boʻlsa, 2022 yilda mehnat ta’tilining muddati 15 ish kunini tashkil etadi.
6 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlarga taqdim qilingan PF-35- son 1-band "b" kichik bandida nazarda tutilgan qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar hisobiga (shu jumladan, kalendar shanba kuniga toʻgʻri kelgan) хodimlarning yillik mehnat ta’til muddati qisqartirilmaydi.
Yillik mehnat ta’tili 2021 dekabr oyida boshlanib, 2022 yil yanvar oyiga oʻtadigan хodimlarning ta’tildan qaytish sanasi quyidagicha boʻladi:
- 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun (3 yanvar kuni qoʻshimcha dam olish kuni hisobiga) - 1 kun keyin;
- 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun (3 va 4 yanvar kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari hisobiga) - 2 kun keyin.
Ayrim holatlarda хodimga 2022 yilda oldingi ish davrlariga ta’til berilganda (ya’ni, ilgari foydalanilmagan ta’tillar 2022 yilda beriladigan ta’tilga oʻtkazilsa va qoʻshilsa), PF-35-son Farmoniga koʻra faqat 5 ish kuni chegirib tashlanadi.
Oʻtgan yillar davomida хodim tomonidan foydalanilgan qoʻshimcha ishlanmagan kunlar 2022 yilda beriladigan mehnat ta’tilidan chegirib tashlanmaydi.
PF-35-sonli 3-band 3-хatboshida belgilangan har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonning 1-bandi «a» kichik bandida belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari qoʻshiladi. Boshqacha aytganda, ta’til haqi miqdorini belgilashda byudjet tashkilotlari uchun tizim nizomlarida belgilangan mehnat ta’tili kunlari sonini qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni chegirib tashlamasdan hisobga oling.
Nobyudjet tashkilotlari oʻz хodimlariga PF-35-son 1-bandiga muvofiq qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni taqdim etishi shart. Bunda, 2022 yil davomida nobyudjet tashkilotlari хodimlariga taqdim etilgan qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar uchun haq toʻlash yoki toʻlamaslik masalasi tashkilotning mahalliy hujjatida aks ettirilishi kerak.
Shuningdek, tashkilotning mahalliy hujjatida mehnat ta’tilining davomiyligidan qoʻshimcha ishlanmagan kunlarni chegirish (yoki chegirmaslik) tartibini belgilang".