Kasaba uyushmasi qoʻmitasi a’zosiga hayfsan – faqat mehnat organi orqali

preview

Direktor referent ishga kech qolgani uchun unga hayfsan e’lon qilishga qaror qildi. Referent – tashkilotning kasaba uyushmasi qoʻmitasi a’zosi, kompaniya yuristi intizomiy jazo chorasini qoʻllash uchun mahalliy mehnat organining roziligini olishga toʻgʻri kelishini aytmoqda. Shu toʻgʻrimi?

 

– Haqiqatan ham, MK 25-moddasiga muvofiq, vakillik organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan хodimlarga intizomiy jazo berishga mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmasdan turib yoʻl qoʻyilmaydi. «Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida»gi Qonunning 17-m. ham shunday deyilgan.

Ya’ni koʻrib chiqilayotgan misolda referentga qonuniy ravishda hayfsan e’lon qilish uchun ish beruvchi avval mahalliy mehnat organining roziligini va tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasining roziligini olishi kerak. Buning uchun ularga yozma ravishda murojaat qilishi zarur. Ijobiy javoblarni olgach, ularga asoslanib intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi buyruqni rasmiylashtirish mumkin. Intizomiy javobgarlikka tortish tartibi MK 181–183-m.m. belgilangan.

Bundan tashqari, kasaba uyushmasi qoʻmitasi a’zolarini ushbu kasaba uyushmasi organi (kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisini esa, bundan tashqari, – tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligi bilan) va mahalliy mehnat organining roziligisiz ishdan boʻshata ham olmaysiz   .


Oʻzbekistonda intizomiy jazolar – intizomiy jazo tartibi, intizomiy jazolarning sabablari toʻgʻrisida oʻzbekiston respublikasida intizomiy jazolar, intizomiy jazolar, intizomli jazolarni qoʻllash, intizomli jazolar qoʻllash, oʻzbekistonda intizomiy jazolar Oʻzbekiston Respublikasida intizomiy jazolar. Mazkur sahifadan siz ROʻZ-da intizomiy jazolar toʻgʻrisida koʻproq ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Intizomiy jazolarning sabablari, intizomiy jazolar qanday qoʻllaniladi /oz/publish/doc/text178394_kasaba_uyushmasi_qumitasi_azosiga_hayfsan_-_faqat_mehnat_organi_orqali