Ish beruvchi ta’tilni pullik kompensatsiya bilan toʻliq almashtirdi

preview

Xodim ta’tilni pullik kompensatsiya bilan almashtirishni soʻradi. Ish beruvchi uning iltimosini qanoatlantirdi. Shu sababli muammolar yuzaga kelishi mumkinmi?

 

– Ha, ish beruvchi MK 151-m. talablarini buzgan.

Xodimga ish davrida uning xohishiga koʻra toʻliq ta’til oʻrniga uning faqat bir qismi – 15 ish kunidan ortiqcha qismi uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi .

Masalan, xodimning ta’tili 21 ish kunini tashkil etsa, xodimning arizasiga koʻra ta’tilning faqat 6 ish kuni (21 – 15 = 6) uchun pullik kompensatsiya toʻlanishi mumkin. Xodim ta’tilning 15 ish kunidan asli holida – aynan dam olish kunlari sifatida foydalanishi kerak. 

Faqat xodimning oʻzi shunday xohish bildirib, ish beruvchiga tegishli ariza bersa, ta’tilning bir qismini pullik kompensatsiya bilan almashtirish mumkin. Hatto xodimning oʻzi dam olishni istamay, toʻliq ta’til oʻrniga pullik kompensatsiya olishni istasa, – bunday iltimosni qanoatlantirib boʻlmaydi. Javobgarlik xodimning emas, balki ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.

 

Ish beruvchi uchun oqibatlar

Ish beruvchining xatti-harakatlari MJTKning 49-m. nazarda tutilgan huquqbuzarlik tarkibini hosil qiladi. Ish beruvchining aybdor mansabdor shaxsi 5 BHMdan 10 BHMgacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

 

Xatoni tuzatish tartibi

Buyruq rasmiylashtirib, xodimga toʻliq ta’til bering. Yoxud – u bilan kelishib, ta’tilning bir qismini pullik kompensatsiya bilan almashtiring.

Xodim mehnat sharoiti noqulay va oʻziga xos boʻlgan  yoxud ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish  uchun qoʻshimcha ta’til olish huquqidan foydalansa – ushbu holatni hisobga oling. Bunday ta’tillarning bironta qismini pullik kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi .

«Ta’til pulini» hisoblayotganda ilgari toʻlangan pullik kompensatsiya summasini ta’til uchun toʻlangan haq deb hisobga olish mumkin.


Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi - ularni qanday aniqlash va tuzatish ish beruvchi xatolari, ish beruvchi xatolarini tuzatish, ish beruvchi xatolarini qanday aniqlash mumkin, ish beruvchi xatolarini qanday tuzatish kerak, oʻzbekistonda ish beruvchi xatolar Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi. Ish beruvchilar tez-tez qanday xatolarga yo’l qoʻyadilar va ularni qanday qilib unumdorlikni oshirish va ish muhitini yaxshilash uchun tuzatish kerakligini bilib oling /oz/publish/doc/text178913_ish_beruvchi_tatilni_pullik_kompensaciya_bilan_tuliq_almashtirdi