Mehnat shartnomasiga surunkasiga ikki smenada ishlash shartini kiritish mumkinmi

preview

Tuzilgan mehnat shartnomasiga koʻra xodim 3 sutkada tanaffus bilan surunkasiga ikkita 12 soatlik smena davomida ishlarni bajarmoqda. Ya’ni haqiqatda ish rejimi – «har uch sutkada bir sutka». Shunday qilish toʻgʻrimi?

 

– Yoʻq, notoʻgʻri.

Har biri 12 soatlik ikki smenada surunkasiga ishlash MK 120-m. 2-q. zid. Unda aytilishicha, xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, MK 128-m. buzilmoqda, sababi ishning tugashi bilan keyingi smenada (kamida 12 soatlik) ish boshlanishi oʻrtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddatiga rioya etilmayapti. Hatto xodimning roziligi bilan bunday ishlash rejimiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Bunday shart uning mehnat shartnomasida qayd etilgan boʻlsa ham. Zero MK 5-m. muvofiq, mehnat shartnomasining xodim ahvolini qonun hujjatlarida nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.

 

Qanday tuzatiladi 

Ushbu bandni haqiqiy emas deb topish hamda MK VII va VIII -boblarining normalariga muvofiq keladigan boshqa ish rejimini belgilash toʻgʻrisida mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuzing.  


Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi - ularni qanday aniqlash va tuzatish ish beruvchi xatolari, ish beruvchi xatolarini tuzatish, ish beruvchi xatolarini qanday aniqlash mumkin, ish beruvchi xatolarini qanday tuzatish kerak, oʻzbekistonda ish beruvchi xatolar Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi. Ish beruvchilar tez-tez qanday xatolarga yo’l qoʻyadilar va ularni qanday qilib unumdorlikni oshirish va ish muhitini yaxshilash uchun tuzatish kerakligini bilib oling /oz/publish/doc/text179015_mehnat_shartnomasiga_surunkasiga_ikki_smenada_ishlash_shartini_kiritish_mumkinmi