Xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplamaslik mumkin boʻlgan holatlar

preview

Shikastlangan xodim ish beruvchidan unga yetkazilgan zararni moddiy tarzda qoplashni talab qilmoqda. Toʻlovni amalga oshirishdan oldin, tashkilot xodim qayerda va qanday shikastganlanligini va bunda ish beruvchi aybdorligini aniqlashtirib olishi kerak.

Bunday vaziyatda mehnat qonunchiligi normalarini qanday qoʻllashni kadrovik.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Lyenara XIKMATOVA tushuntirdi:


- Haqiqatan, xodimning sogʻligʻiga mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki u oʻz mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni ish beruvchi toʻlashi shart MK 189-m. 1-q.. Bunda ish beruvchi:

  • xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham (masalan, xizmat vazifasini bajarish chogʻida);
  • ish beruvchi tomonidan ajratilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda shikastlanishi natijasida sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar boʻladi MK 189-m. 2-q..

Xodimga quyidagi hollarda sogʻligʻiga shikast yetganda zarar toʻlanmaydi:

1) Mehnat vazifalarini bajarmaganda yetkazilganda.

Misol uchun, xodim oʻzining uyini ta’mirlash chogʻida qoʻlini shikastladi. Ish beruvchiga u mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etdi va uning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni toʻlashni soʻradi. Ish beruvchi kasallik varaqasi uchun haq toʻlashi kerak, biroq zararni toʻlashni rad etish huquqiga ega MK 189-m. 1-q..

2) Xodim lozim darajada tanishtirilgan mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi qoidalariga rioya qilinmagan yoki ular buzilgan taqdirda MK 189-m. 3-q. 11.02.2005 y. VMQ 60-son Qaroriga 1-ilova 2–3-b..

Moddiy javobgarlikning oldini olish uchun sizning tashkilotingizning aybi yoʻqligini hujjat bilan tasdiqlang MK 189-m. 3-q..

3) Agar zarar yengib boʻlmas kuch yoki jabrlanuvchining gʻarazli niyati tufayli MK 189-m. 4-q. (yuqori xavf manbai bilan zarar yetkazilganda FK 999-m. 1-q.) yuzaga kelganligini isbotlasangiz.

Misol uchun, xodim xizmat avtomobilini boshqargan holda ofisga kelish yoʻlida svetoforning taqiqlovchi qizil rangida oʻtib ketdi. Natijada – avariyaga uchrab, miyasi chayqaldi. Sud YHQ qasddan buzilganligini oʻrnatdi. Kasalxonadan chiqqach, xodim kadrlar boʻlimiga mehnatga layoqatsizlik varaqasini va sogʻliqqa yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisida arizani taqdim etdi. Bunday vaziyatda ish beruvchi uni qanoatlantirishni rad etish huquqiga ega.

 

Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi - ularni qanday aniqlash va tuzatish ish beruvchi xatolari, ish beruvchi xatolarini tuzatish, ish beruvchi xatolarini qanday aniqlash mumkin, ish beruvchi xatolarini qanday tuzatish kerak, oʻzbekistonda ish beruvchi xatolar Oʻzbekistonda ish beruvchining xatolari va ularni tuzatish tartibi. Ish beruvchilar tez-tez qanday xatolarga yo’l qoʻyadilar va ularni qanday qilib unumdorlikni oshirish va ish muhitini yaxshilash uchun tuzatish kerakligini bilib oling /oz/publish/doc/text179091_hodimning_sogligiga_etkazilgan_zararni_qoplamaslik_mumkin_bulgan_holatlar