Emlanmagan xodimni ishdan chetlashtirish tartibi (batafsil yoʻriqnoma, hujjatlar namunalari)

preview

0239-07/4-son SanQvaNga qoʻshimchada (roʻyxat raqami 31, 19.07.2021 y.) koʻrsatilgan tashkilotlarning xodimlari vaksina olishdan bosh tortsa, ularni ishdan chetlashtirish mumkin. Mehnat kodeksi 113-m. 3-q. shuni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi Aleksandr NAVOTNIY va «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA buni qanday amalga oshirish kerakligi haqida gapirib berdilar:

­– «2021 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarning xodimlari (sogʻligʻining holatiga koʻra qarshi koʻrsatma mavjud boʻlgan shaxslardan tashqari) koronavirusga (turidan qat’i nazar) qarshi vaksinaning kamida 2 ta dozasi bilan emlanganlik haqida sertifikatlarga ega boʻlmasalar, ularning faoliyati vaqtincha toʻxtatib qoʻyiladi, – deya xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Faoliyatning toʻxtatib qoʻyilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun muayyan choralar koʻrish lozim:


I. Tayyorgarlik ishlari

1. Xodimlarga koronavirusga qarshi emlanishning foydasini tushuntiring – u immunitetni oshiradi, kasallikning ogʻir kechishidan himoyalash ehtimoli katta.  

2. Tashkilot xodimlariga oid axborotni tayyorlang:

  • soʻnggi 6 oyda qancha xodim qachon emlangan;
  • kimda emlanish boʻyicha tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjud;
  • kim vaksina olishga rozi;
  • kim vaksina olishdan bosh tortmoqda.

3. Majburiy ravishda vaksina olishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini shakllantiring. Ish beruvchining qaroriga koʻra unga quyidagi shaxslarni kiritmang:

  • uyda yoki masofadan turib ishlovchilarni;
  • homiladorlik va tugʻish, bolani parvarishlash ta’tillarida boʻlganlarni.

 
II.
Emlash jarayonini tashkillashtirish

4. Xodimlarni emlash toʻgʻrisida buyruq chiqaring. Unda quyidagilarni koʻrsating:

  • emlanishi shart boʻlgan xodimlarni;
  • emlanish muddatlarini. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan emlash kalendariga koʻra, 2021 yilda quyidagi muddatlargacha vaksina olish lozim:

– birinchi dozani – 1 sentyabrgacha;

– ikkinchi dozani – 1 oktyabrgacha;

– uchinchi dozani – 1 noyabrgacha;

  • ish beruvchini vaksina olganlik yoki uni olishdan bosh tortganlik haqida xabardor qilish tartibini;
  • emlash shaklini:

– markazlashtirilgan ravishda ofisda;

– markazlashtirilgan ravishda muayyan tibbiyot muassasasida;

– mustaqil ravishda;

  • emlanganlik haqidagi sertifikatlarni ish beruvchiga taqdim etish tartibini;
  • emlanishga qarshi koʻrsatmalar haqidagi ma’lumotlarni ish beruvchiga taqdim etish tartibini;
  • tibbiy asoslarsiz emlanishdan bosh tortgan taqdirda MK 113-m. 3-q. asosan xodimlarni ishdan chetlashtirish ehtimoli haqidagi axborotni;
E’tibor bering

 Ishdan chetlashtirish – ish beruvchining burchi emas, balki huquqi. Quyidagi maqsadni koʻzlagan holda ushbu huquqidan foydalanishi mumkin:

  • xodimlarni davolash xarajatlarini toʻlash riskidan qochish;
  • tashkilotdagi sanitariya-epidemiologik holatni ogʻirlashtirmaslik;
  • 01.10.2021 yildan faoliyatni davom ettirish.
  • monitoring qilish va xodimlarning emlanishi haqida ish beruvchiga xabar berish uchun mas’ul boʻlgan mansabdor shaxsni.

Buyruqni chiqarish uchun asoslar:

  • MK 113-m. 3-q., MK 211-m. 1-q.;
  • «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida»gi Qonunning 10-m. 1-q., 16–17-m.m.;
  • 0239-07/4-son SanQNga qoʻshimchalar (roʻyxat raqami 31, 19.07.2021 y.).

5. Emlanishi lozim boʻlgan xodimlarni tilxat olib buyruq bilan tanishtiring. Tanishishdan va/yoki imzolashdan bosh tortganda – bu haqda dalolatnoma tuzing.

6. Markazlashtirilgan ravishda emlashni tashkillashtiring yoki xodimlar uchun ish vaqti davomida uni mustaqil ravishda olish imkonini yarating. Xodimning ish joyida boʻlmagan vaqti uchun toʻlanadigan ish haqini saqlang.

7. Moliyaviy imkoniyat boʻlganda emlangan xodimlarni ragʻbatlantirish choralarini belgilang.

8. Oʻtgan 6 oy ichida emlangan xodimlardan QR-kodli emlanganlik haqidagi sertifikatlarni taqdim etishni talab qiling. Vaksinalar muayyan vaqt oraligʻida 2 yoki 3 bosqichda olinishini inobatga oling. Shaxs vaksinaning oxirgi dozasini olmaguncha sertifikat berilmaydi. emlash.uz portalida emlash bosqichlari haqida axborot berilgan.

Xodim vaksinaning birinchi dozalarini olganligini tasdiqlash uchun emlanganligi haqida axborot qayd etilgan emlash.uz saytidan skrinshot, emlash.uz saytidan SMS skrinshoti yoki tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasini taqdim etishni talab qiling.

E’tibor bering

Hozircha JSST vaksinaning qoʻshimcha dozasi muddatlari va neytrallashtiruvchi, yuqtirishdan himoyalovchi antitanachalar miqdoriga doir talablar boʻyicha yagona tavsiyalar bermadi. Ushbu vaziyatda shifokorning tibbiy qarshilik bildirish haqidagi ma’lumotnomasi xodimning vaksina olishdan bosh tortishga haqlilining hujjatli tasdigʻi boʻlib xizmat qilishi mumkin. Biroq, bunday hollarda ish beruvchi xodimni jamoaga qoʻymaslikka haqli. Boshqacha qaror qabul qilgan ish beruvchi jamoa orasida infeksiya tarqalgani uchun javobgarlikni zimmasiga oladi.

Biroq, taniqli shifokor-virusolog Dildora SEKLERning fikricha, har qanday holatda vaksina olmagan xodimning kasallanish va uni boshqalarga yuqtirish riski ancha yuqori boʻladi.

Shuningdek mutaxassis vaksina olishdan tashqari, shu jumladan emlangan xodim ham qolgan profilaktika choralariga (niqob taqish, qoʻllarni yuvish, masofa saqlash) rioya etishda davom etishi zarurligini eslatib oʻtadi.


III. Ishdan chetlashtirish

9. Emlanishdan bosh tortayotgan yoki emlangani haqida axborot taqdim etmayotgan xodimdan bu haqda erkin shakldagi yozma rad javobini talab qiling yoki ushbu namunadan foydalaning. Xodimda tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjud boʻlsa, ushbu namunadan foydalaning.

Xodim:

  • rad javobi yozishdan bosh tortsa – dalolatnoma tuzing;
  • soʻnggi 4–5 oy ichida kasallikni boshidan kechirganligini yoki emlanishiga qarshi tibbiy koʻrsatmalar mavjudligini va h.k. aytsa, buning hujjatli tasdigʻi va shifokorning emlanishga zarurat yoʻqligi haqidagi tavsiyasini soʻrang.

10. Xodim belgilangan muddatda emlanganini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa yoki tibbiy qarshilik bildirilmasa, ish haqini saqlamasdan ishdan chetlashtirish toʻgʻrisida buyruq chiqaring. Asos – MK 113-m. Xodimni emlanishdan bosh tortgani sababli ishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi buyruq shaklini mustaqil ravishda ishlab chiqing yoki ushbu namunadan foydalaning.

Buyruqda quyidagilarni koʻrsating:

  • xodimning F.I.Sh., lavozimi;
  • ishdan chetlashtirilishiga asos;
  • kelgusida ishga qoʻyish shartlari.

Shuningdek buxgalteriya ishdan chetlashtirilgan davrda xodimga toʻlanadigan barcha toʻlovlarni toʻxtatib turishini qayd eting.

Xodimni buning uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilgunga qadar ishdan chetlashtiring, shu jumladan:

  • xodim emlanganlik haqidagi sertifikatni yoki bunga qarshi tibbiy koʻrsatmalar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadigan kunga qadar;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Bosh sanitar vrachining qaroriga muvofiq profilaktik emlash sharti olib tashlangunga qadar.

Xodim ishdan chetlashtirilgan davrda unga ish haqi hisoblamang. Bu MK 113-m. 4-q. kelib chiqadi.

11. Xodimni ishdan chetlashtirilgani toʻgʻrisidagi buyruq bilan tilxat olib tanishtiring. U imzo qoʻyishdan bosh tortsa, bu haqda dalolatnoma tuzing. Xodimni tashkilot hududiga qoʻymaslik choralarini koʻring. Ruxsatnoma bilan kirish amaliyotini qoʻllasangiz – ularni blokirovkalab qoʻying.

12. Mehnat daftarchasiga ishdan chetlashtirilgani haqidagi yozuvni kiritmang. Ichki hisob yuritilishini ta’minlash uchun ushbu axborotni T-2 shaklidagi shaxsiy kartochkada, masalan, «Qoʻshimcha ma’lumotlar» boʻlimida qayd eting. Bunday ma’lumotlar, xususan, quyidagilarni hisoblashda foydali boʻladi:

  • yillik asosiy ta’til olish huquqini beruvchi stajni;
  • kasallik varaqasi boʻyicha toʻlovni.

13. Xodimni ishdan chetlashtirish davrida ish vaqtini hisobga olish tabelida, masalan, «NB» belgisini qayd eting.

14. Belgilangan muddatlarda vaksina olmagan xodimlarga, shu jumladan – tibbiy qarshilik bildirilgan xodimlarga, ularning ish sharoiti va xarakteri imkon bersa, masofaviy ishga oʻtishni tavsiya qiling».

 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish - mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asoslar va mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni mehnat shartnomasini bekor qilish, oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asoslar. Mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni. Bu erda mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek, mehnat shartnomasini bekor qilish sabablari /oz/publish/doc/text179376_emlanmagan_hodimni_qanday_ishdan_chetlashtirish_mumkin_qadamma-qadam_yuriqnoma_hujjatlarning_namunalari