Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Bizda kasanachi ishlaydi, u ishlarni uyda bajaradi va muayyan muddatda topshiradi. Ba’zida u tunda, dam olish va bayram kunlarida ishlaydi. Unga qanday davriylikda ish haqi toʻlashimiz lozim? Tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun mehnatga haq toʻlash qoidalari kasanachilarga tatbiq etiladimi?».
– Kasanachining mehnatiga yoki har bir tugallangan ish vazifasi (ishlar hajmi) topshirilganda yoxud har qanday boshqa xodimlar kabi har yarim oyda kamida bir marta haq toʻlang.
Mehnat shartnomasida kasanachi mehnatiga boʻnak (avans) tarzida haq toʻlash nazarda tutilishi mumkin
. Masalan, xodimga avans hisobot oyining boshida yoki oʻrtasida, qolgan summa esa hisobot oyidan keyingi oyning boshida (xodim va ish beruvchi tomonidan oʻtgan oydagi ish yakunlari toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolanganidan soʻng) toʻlanishi mumkin.
Kasanachilar boshqa xodimlardan farqli oʻlaroq, ish vaqtini oʻz xohishiga koʻra taqsimlaydilar. Shu boisdan ularning bajargan barcha ishi uchun bir hissa miqdorida haq toʻlanadi
.