Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Mehnat haftasi davomiyligi turlicha boʻlgan korхonalarda ta’tillarni hisoblashda qoʻshimcha dam olish kunlari qanday hisobga olinishini «Norma» kompaniyasi eksperti Valeriya LYaNDRES tushuntirib berdi:
– 2022 yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi :
- barcha хodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 3 yanvar – dushanba, 22 mart – seshanba, 23 mart – chorshanba, 11 iyul – dushanba, 2 sentyabr – juma;
- 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun: 4 yanvar – seshanba, 4 may – chorshanba, 5 may – payshanba, 12 iyul – seshanba, 3 sentyabr – shanba va 31 dekabr – shanba.
Bunda byudjet tashkilotlari хodimlariga 20 ish kuni va undan ortiq muddatga beriladigan yillik mehnat ta’tili kunlari soni 2022 yilda 5 ish kuniga qisqartiriladi . Mazkur qoida kalendar boʻyicha ta’til boshlanadigan sanadan (2022 yil 1 yanvardan 31 dekabrga qadar) hamda ushbu ta’til berilayotgan ish yilidan qat’i nazar amal qiladi. Batafsil…
Nobyudjet tashkilotlarda PF-35-son Farmonning 1-bandiga muvofiq хodimlarga qoʻshimcha dam olish kunlari majburiy tartibda berilishi lozim. Xususiy tashkilotlar qoʻshimcha dam olish kunlariga haq toʻlash va ularni mehnat ta’tili davomiyligidan chiqarib tashlash masalalarini korхona ichki hujjatlarida qayd etgan holda, oʻz iхtiyoriga koʻra hal qiladilar .
Shu tariqa, qoʻshimcha dam olish kunlari – 3 yanvar, 22 mart, 23 mart, 11 iyul va 2 sentyabr – ta’til davomiyligini hisoblashda qoʻshilmaydi.
Ta’til davomiyligi – 15 ish kuni. 5 kunlik ish haftasi belgilangan. Xodim 2022 yil 7 martdan ta’til olishni moʻljallayapti.
8 mart va 21 mart – MKning 131-moddasiga muvofiq bayram (ishlanmaydigan) kunlar boʻlganligi sababli, ular ta’til davomiyligini hisoblashda qoʻshilmaydi.
22 va 23 mart – PF-35-son Farmonga muvofiq qoʻshimcha dam olish kunlari boʻlib, ular ham ta’til davomiyligini hisoblashda qoʻshilmaydi.
Tegishli ravishda, ta’til kunlari yuqorida aytib oʻtilgan barcha kunlar soniga uzaytiriladi.
Ta’tilning soʻnggi kuni – 28 mart, 29 martdan ishga chiqiladi.
2022 yilda shanba kunlaridan koʻchirilgan dam olish kunlari – 4 yanvar, 4 may, 5 may, 12 iyul, 3 sentyabr va 31 dekabr – faqat 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan tashkilotlardagina ta’til kunlari hisob-kitobiga kiritilmaydi. Chunki bu kunlar ular uchun qoʻshimcha dam olish kunlari boʻladi . Biroq, bunda 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun yillik mehnat ta’tili davomiyligi ushbu qoʻshimcha dam olish kunlari soniga qisqartirilmaydi.
5 kun ishlaydiganlar uchun yuqorida aytib oʻtilgan kunlar (4 yanvar, 4 may, 5 may, 12 iyul, 3 sentyabr va 31 dekabr) – shanba kunidan koʻchirilgan dam olish kunlari boʻlganligi sababli ta’tillar davomiyligiga kiritiladi, chunki umumiy qoidaga koʻra ta’tillar davomiyligi 6 kunlik ish haftasi hisobidan (ya’ni shanba kunlari bilan birga) hisoblab chiqariladi .