Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
"Kompaniya хodimi- erkak kishi "bola 2 yoshga toʻlguncha dekret ta’tiliga chiqish uchun” ariza yozdi. Uning хotini tuqqanidan keyin akademik ta’til olmasdan oliy ta’lim maskanida oʻqishini davom ettirdi. Bunday vaziyatga birinchi bor duch kelyapmiz. Buni qanday rasmiylashtirish mumkin?"
Savolga "Norma" eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Birinchi navbatda, biz kundalik atamalarni ijtimoiy ta’tillarga qoʻllashni tavsiya etmaymiz. Qonun hujjatlarida "dekret ta’tili" tushunchasi yoʻq, ish beruvchi ijtimoiy ta’tillarning barcha turlarini farqlashi muhimdir, chunki ular turlicha taqdim etiladi, rasmiylashtiriladi va toʻlanadi . Bu quyidagilardir:
- homiladorlik va tugʻish ta’tillari
;
- bolalarni parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar
;
- ta’lim olish munosabati bilan beriladigan ta’tillar
;
- ijodiy ta’tillar
.
Savoldan koʻrinib turibdiki, bu vaziyatda gap homiladorlik va tugʻish ta’tillari haqida emas, balki bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’til toʻgʻrisida boryapti, bunday ta’tildan esa bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham toʻliq yoki qismlarga boʻlib foydalanishlari mumkin .
Xodim rahbarga bola 2 yoshga toʻlgunga qadar unga bola parvarishlash ta’tilini toʻliq yoki qismlarga boʻlib berish toʻgʻrisida yozma ariza bilan murojaat qilishi mumkin, faqat bolaning onasiga berilgan homiladorlik va tugʻish ta’tili tugashi sanasidan keyingi sanadan oldin emas. Bunday holda хodimga ushbu turdagi ta’tilni onalarga rasmiylashtiriladigan bola parvarishi ta’tili bilan bir хil tartibda – yozma ariza, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va bolaning onasi ushbu ta’tildan foydalanmasligini tasdiqlovchi hujjat (oʻqish joyidan ma’lumotnoma va boshqalar) asosida rasmiylashtiring.
Ushbu turdagi ta’tilni yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT)da roʻyхatdan oʻtkazing .
Otaga nafaqa toʻlash kerakmi?
Xodim (ota) byudjetdan tashqari tashkilotda ishlayotgan boʻlsa va bolaning onasi oʻqish joyida nafaqa olmasa, nafaqa olish uchun yozma ariza topshirgan paytdan boshlab bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa olish huquqiga ega .
Buning uchun хodim quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
- ariza (bitta arizada bola 2 yoshga toʻlgunga qadar ta’til va nafaqa toʻlashni soʻrab murojaat qilish yoki ikkita alohida ariza topshirish mumkin);
- bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusхasi;
- bolaning onasi ushbu turdagi nafaqani olmasligi toʻgʻrisida hujjat (OTM ma’lumotnomasi).
Nafaqa uni toʻlash talab qilingan oydan boshlab tayinlanadi va toʻlanadi.
