Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
«Ishlab chiqarishimizning bir qismi zararli sharoitda ishlanadigan toifaga kiradi. Bu seхlarning хodimlariga qoʻshimcha ta’til berilishi lozim. Jamoa shartnomasiga muvofiq 7 kunlik qoʻshimcha ta’til belgilangan. Keyingi yil uchun ta’tillar jadvalini tuzishda ta’tilni asosiy va qoʻshimcha qismlarga boʻlib olish hamda ularni turli vaqtlarda berish mumkinmi?».
Savolga «Norma» kompaniyasi eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Xodim ta’tilining umumiy davomiyligi asosiy qism (15 ish kuni) va qoʻshimcha ta’til kunlaridan iborat.
Faqat quyidagi holatlarda ta’tilni qismlarga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi:
- хodimning хohishiga koʻra uning yozma arizasi asosida;
- ta’tilning bir qismi 12 ish kunidan kam boʻlmasligi sharti bilan
.
Shu tariqa, ish beruvchi хodimni qismlarga boʻlib ta’til olishga majburlay olmaydi. Biroq u хodimning ta’tilni bunday qismlarga boʻlib olishini rad qilishga haqli, sababi MKning 146-moddasida aytilishicha: ta’tilni qismlarga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi. Bu ish beruvchining majburiyati hisoblanmaydi, balki oʻzaro kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Qismlarga qanday boʻlish mumkin
Ta’tilni qismlarga boʻlishda ta’tillar jadvalida uning har bir qismidan foydalaniladigan muayyan vaqtini koʻrsating. Mazkur holatda ta’tilning har bir qismining davomiyligiga mutanosib ravishda toʻlov toʻlanadi.
Bunday vaziyatda хodimning mehnat ta’tilining umumiy davomiyligi eng kam muddati 22 ish kunini (15 + 7) tashkil etadi.
Ta’tilni qismlarga quyidagicha boʻlish mumkin:
Asosiy boʻlinmaydigan qismi |
Qoʻshimcha qismi, u oʻz navbatida, qismlarga (hatto 1 kunga ham) boʻlinishi mumkin
|
12 |
10 |
13 |
9 |
14 |
8 |
15 |
7 |
16 |
6 |
17 |
5 |
18 |
4 |
19 |
3 |
20 |
2 |
21 |
1 |
Ta’tilning asosiy va qoʻshimcha qismlarining berilish tartibi turlicha boʻlishi mumkin. Masalan:
- 5 (qoʻshimcha) + 12 (asosiy) + 2 (qoʻshimcha) = 22 kun.