Kadrlar boʻlimi uchun alohida muhr tayyorlatish

preview

Tashkilotda koʻp xodimlar ishlaydi, unda faqat bitta asosiy muhr va shtamp bor. Ba’zida bu holat ishda noqulayliklar tugʻdiradi. Kadrlar boʻlimi uchun alohida muhr tayyorlatish mumkinmi?

Bu savol bilan yurist Ikrom ABDULQODIROVga murojaat qildik:

 

– Hammasi bunday muhr qanday hujjatlar uchun kerakligiga bogʻliqdir.

Avval muhr va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish 1077-son Nizom bilan tartibga solingan, biroq 2018 yilda u oʻz kuchini yoʻqotgan. Ushbu me’yoriy hujjatda yuridik shaxs unda asosiy muhr mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, tarkibiy boʻlinma muhridan foydalanishi mumkinligi belgilangan edi. Shu jumladan kadrlar boʻlimi muhridan ham foydalanishi mumkinligi aytilgan .

Tarkibiy boʻlinma muhridan bevosita yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasidan chiqadigan hujjatlarni tasdiqlash uchun foydalaniladi. Bunda shartnomalar, ishonchnomalar, bank hujjatlari hamda pul va moddiy-texnik qimmatliklarni tasarruf etish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar faqat asosiy muhr bilan tasdiqlanishi lozim .

MKning 74-moddasiga muvofiq mehnat shartnomasidagi mansabdor shaxsning imzosi korxona muhri bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda). Bundan kelib chiqadiki, korxona muhri asosiy muhr hisoblanib, ish beruvchi shunday muhr mavjud boʻlganda mehnat shartnomasiga muhr bosishi shart.

Tarkibiy boʻlinma muhridan foydalanish mumkinligi amaldagi qonun hujjatlarida, shu jumladan, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada   ham nazarda tutiladi. Bunda asosiy muhr bilan birga muqobil asosda shunday muhrdan ham foydalanish mumkin.

Asosiy va oʻrindoshlikdagi ish joyidan beriladigan ma’lumotnomalar shaklida «Muhr» rekviziti umuman nazarda tutilmagan .

Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olgan holda, korxona unda asosiy muhr mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, kadrlar boʻlimi muhrini tayyorlash uchun buyurtma berishi va zarurat boʻlganda undan foydalanishi mumkin.

 

Kadrovik.uz tavsiya qiladi

Tarkibiy boʻlinma muhridan faqat qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarda (masalan, mehnat daftarchasida ish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, F.I.O. va tugʻilgan sanasi oʻzgarishini tasdiqlash uchun va h.k.) foydalanish mumkin. Korxonaning asosiy muhri bosilishi shart boʻlmagan hujjatlarni ushbu muhr bilan tasdiqlash mumkin.

Tarkibiy boʻlinma muhridan foydalanish tartibini tegishli ichki hujjatlarda qayd eting.

 

Bunda muhr bosilgan va imzolangan hujjat bilan faqatgina imzo qoʻyilgan hujjatning yuridik jihatdan hech qanday farqi boʻlmaydi. Tadbirkorlik sub’yektlaridan hujjatlarga muhr bosilishini talab qilish 2019 yil 1 martdan bekor qilingan.


Oʻzbekistonda kadrlar hisobi va ish yuritish boʻyicha umumiy savollar - kadrlar boʻlimi xodimlari uchun dolzarb masalalar kadrlar boʻlimi xodimlari uchun umumiy savollar, kadrlar boʻlimi xodimlari uchun savollar, kadrlar boʻyicha ofitserlar uchun ma’lumotlar, kadrlar boʻlimi xodimlari uchun yo’l-yo’riq, kadrlar boʻyicha mutaxassislarga maslahatlar, oʻzbekistonda kadrlar boʻlimi xodimlari uchun umumiy savollar Oʻzbekistonda kadrlar hisobi va ish yuritish boʻyicha umumiy savollar. Siz kadrovik.uz saytida Oʻzbekistonda kadrlar ishini yuritish boʻyicha umumiy savollarga javob topasiz. kadrovik.uz saytida HR mutaxassislari uchun foydali maslahatlar /oz/publish/doc/text180291_kadrlar_bulimi_uchun_alohida_muhr_tayerlatish