Fevral oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
«Kompaniyaning ayrim хodimlari ish kunining koʻp qismini birja savdosini kuzatib, kompyuter monitori qarshisida oʻtkazadi. Ish beruvchi ular uchun muntazam tibbiy koʻriklarni tashkil qilishi kerakmi?»
- Ha, kerak.
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chogʻida dastlabki va MKning 214-modasiga muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan хodimlarni vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shart. Shu jumladan - хodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi 2387-sonli Nizomning 1-3 son ilovasida keltirilgan ishlarda band boʻlganlarni.
Jumladan, ushbu hujjatning 1-son ilovaning 6.11-bandiga muvofiq ekran, videoterminallarni (displeylarni) uzluksiz kuzatish bilan bogʻliq ishda band boʻlganlar oftalmolog va nevropatologda dastlabki va vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtishi kerak:
- monitorda 8 soatlik ish smenasida 4 soatdan koʻp – 1 yilda 2 marta;
- 4 soatdan ortiq – yiliga 1 marta.
Davriy tibbiy koʻriklar ish vaqtida amalga oshiriladi.
Tibbiy koʻriklar paytida ish joyi (lavozimi) va хodimning oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Valeriya LYaNDRES,
«Norma» eksperti