Koronavirusni «ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa» deb hisoblash mumkinmi

preview

Xodimning ish joyida virus yuqtirishi, masalan, Covid-19 virusi bilan kasallanishi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa sanaladimi? Virus yuqishining oldini olish choralarini koʻrmagan ish beruvchi buning uchun javobgar boʻladimi?

Savolga «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi:

 

- Yoʻq, xodimning koronavirus bilan kasallanishi ishlab chiqarishdagi  baxtsiz hodisa sanalmaydi.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq, bunday hodisalarga quyidagilar kiradi:

  •  jarohatlanish, zaharlanish, issiqlik ta’siri, portlash, falokatlar, imoratlar, inshootlar va konstruksiyalar buzilishi, kuyish, muzlash, qizish, elektr toki va yashin urishi, hayvonlar, hasharotlar va sudralib yuruvchilar tomonidan, terroristik harakatlar natijasida shikastlanishlar, shuningdek tabiiy ofatlar (zilzilalar, oʻpirilishlar, suv toshqinlari, toʻfonlar va boshqalar) tufayli salomatlikning boshqa xil shikastlanishlari .

Koʻrib turganingizdek, qandaydir yuqumli kasallik bilan kasallanish ushbu roʻyxatga kiritilmagan.

Yuqorida sanab oʻtilganlardan  kelib chiqib, baxtsiz hodisalar deganda  bajarilgan va toʻsatdan hamda aniq sodir boʻlgan ish bilan sababiy aloqada boʻlgan jarohatlar yoki sogʻliqqa yetkazilgan boshqa jarohatlarni tushunish kerak. Har bir bunday hodisaning joyi aniq belgilanishi mumkin.

Buni ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh darhol boʻlinma rahbariga xabar berishi kerakligi belgilangan Nizomning II  boʻlimi 1-bandi ham tasdiqlaydi. U esa oʻz navbatida:

  •  jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi yordam koʻrsatishi va uni tibbiy-sanitariya qismiga yoki boshqa davolash muassasasiga yetkazishni tashkil etishi;
  • tekshirish komissiyasi ish boshlaguniga qadar ish joyidagi vaziyatni va jihozlar holatini hodisa yuz bergan daqiqada qanday boʻlsa, shundayligicha (agar bu atrofdagi xodimlar hayoti, salomatligiga tahlika solmayotgan boʻlsa va halokatga olib kelmasa) saqlab qolishi kerak.

Koronavirusda buni bajarish imkonsiz.

Nizomga muvofiq ish beruvchi N-1 shaklidagi dalolatnoma tuzishi shart  va uning nusxalarini kasaba uyushmasi qoʻmitasiga, sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi yoki Oʻzdavenergonazoratning vakiliga, Vazirlikka (xoʻjalik boshqaruvi organlariga), yuqori xoʻjalik organiga – ularning talabiga binoan yuboradi. Epidemiya boʻlsa, butunlay boshqa qoidalar qoʻllaniladi.

 

Xulosa:

Virus bilan kasallanish ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa hisoblanmaydi.

Ammo, ish beruvchi baribir virus tarqalishining oldini olish boʻyicha belgilangan choralarni, shuningdek  «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida» gi Qonun talablarini va boshqa sanitariya normalari va qoidalarini ta’minlamaganligi uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.


Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik: mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar va jihatlar. mehnatni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maqolalar, mehnatni muhofaza qilish amaliyoti, mehnatni muhofaza qilish standartlari, Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik. Kadrovik.uz Oʻzbekistonda amaldagi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik, normalar va amaliyotlar haqida umumiy ma’lumot beradi. Xavfsizlik boʻyicha mutaxassislar uchun maqolalar ishchilarning xavfsizligi va sogʻligʻini ta’minlash boʻyicha samarali ishlashga yordam beradi /oz/publish/doc/text180816_koronavirusni_ishlab_chiqarishdagi_bahtsiz_hodisa_deb_hisoblash_mumkinmi