Oʻquv ta’tillari va harbiy yigʻinlar davrida dam olish kunlari va bayramlarni hisobga olish kerakmi

preview

 

E’tibor bering
Maqolaga tuzatish kiritildi (matnda ajratib koʻrsatilganlarga qarang).

 

«1. Xodim (sirtdan oʻqiydigan talaba) asosiy ish joyi boʻyicha ishlaydi. Bizga unga 30 kun muddatga oʻquv ta’tilini taqdim qilish toʻgʻrisida ta’lim muassasasidan chaqiruv-ma’lumotnoma kelib tushdi.

2. Shuningdek, bizda safarbarlik chaqiruv rezervida bir oylik harbiy yigʻinga chaqirilayotgan хodimlarimiz ham bor.

Dam olish, bayram va qoʻshimcha kunlar oʻquv ta’tili va harbiy yigʻinlar davrida hisob-kitobga kiritiladimi?»

Kadrovik.uz oʻquvchisiga «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES javob beradi:

 

Ekspertlarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

1. OTMlarda sirtqi ta’lim shakli boʻyicha (onlayn yoki oflayn) oʻqiyotgan talabalarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etish uchun oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda asosiy ish joyi boʻyicha ta’tillar beriladi. Ta’til sessiyaning (oʻqishning) boshlanishi va tugashining aniq sanalari koʻrsatilgan holda chaqiruv-ma’lumotnoma asosida belgilangan shaklda beriladi. Bunday ta’tillar kalendar kunlarda beriladi  va shuning uchun dam olish, bayram va ishlanmaydigan qoʻshimcha kunlar ta’tilning umumiy davomiyligida hisobga olinadi.

 

2. Safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy yigʻinlarga ham shu tartib amal qiladi.

Safarbarlik chaqiruv rezerviga hisobga olingan va harbiy yigʻinlarga chaqiriladigan хodimning ish joyi, lavozimi va yigʻinlarda boʻlgan butun davr uchun oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi  . Yigʻinlarning boshlanish va tugash sanalari mudofaa ishlari boʻlimlarining koʻrsatmalarida kalendar kunlarda koʻrsatilgan boʻlib, unda dam olish, bayram va ishlanmaydigan qoʻshimcha kunlar yigʻinlarda boʻlishning umumiy vaqti davomiyligida hisobga olinadi.

Bunday хodimlar uchun ish vaqtini hisobga olish jadvallari koʻrsatma va ma’lumotnomalarda koʻrsatilgan sanalarga muvofiq yopiladi. Hisob-kitob Mehnat kodeksining 257-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

 

 

 

 

Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyхatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi хodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text181168_uquv_tatillari_va_harbiy_yiginlar_davrida_dam_olish_kunlari_va_bayramlarni_hisobga_olish_kerakmi