Vakansiyalar haqida kim xabar bermasligi mumkin

preview

«Direktor vakansiyalar haqidagi hisobotda boʻsh ish oʻrinlarini aks ettirishni istamayapti.  YaMMTda esa har bir ishdan boʻshatishdan soʻng yangi xodim qabul qilingunga qadar boʻsh ish oʻrinlarini oʻchirib tashlaymiz. Bu haqida oʻz ixtiyorimizga koʻra ma’lum qilmaslikka  haqlimizmi? Buning uchun qanday javobgarlik bor?».

 

– Javob ish beruvchining kichik biznes sub’yekti ekanligi yoki emasligiga bogʻliq. «Aholi bandligi toʻgʻrisida»gi qonunga koʻra ish beruvchi mahalliy mehnat organiga quyidagilarni taqdim qilishga majbur:

  •  boʻsh ish oʻrinlari haqida ma’lumot – har oyda;
  • Mehnat kodeksining 100- moddasi 2-qism 1 va 5-bandlariga muvofiq xodimlar boʻshatilishi kutilayotganligi haqida ma’lumot – ishdan boʻshatilguniga qadar  2 oydan kechiktirmay. Hisobotda har bir  ishdan boʻshatilayotgan xodim koʻrsatiladi.

Ishdan boʻshatish haqidagi ma’lumot va hisobot topshirish uchun belgilangan  jarayon va talablar Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi toʻgʻrisida va moʻljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi nizomda keltirilgan.

Ushbu ma’lumotlarni mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha yuridik shaxslar taqdim etadi. Kichik biznes sub’yektlari bundan mustasno. Ular vakansiyalar haqidagi hisobotni   va xodimni boʻshatish kutilayotganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotni ixtiyoriy ravishda topshiradilar .

my.mehnat.uz saytidagi boʻsh ish oʻrinlari tashkilotning ushbu ish oʻrinlari nazarda tutilmagan yangi shtat jadvali asosida olib tashlanadi. Buni qanday amalga oshirish kerakligi haqida quyidagi maqolada oʻqing:

 

Ish beruvchi kichik biznes sub’yekti boʻlmasa

Aybdor mansabdor shaxslar Ma’muriy kodeksning 229-moddasi boʻyicha quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishlari mumkin:

  •  boʻsh ish oʻrinlarini (vakant lavozimlarni) yashirish;
  • boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) yoki har bir xodim boʻshatib olinishi kutilayotganligi toʻgʻrisidagi axborotni oʻz vaqtida taqdim etmaslik;
  •   Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga ajratmalarni toʻlashdan boʻyin tovlash.   

Ushbu qoidabuzarliklar  BHMning 10 baravaridan 25 baravarigacha jarima solinishiga sabab boʻladi. Agar ular ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa,  jarima BHMning 25-50 baravarigacha oshiriladi.

Lenara XIKMATOVA

 huquqshunos, «Norma» eksperti

Ishga qabul qilish - Oʻzbekistonda ishga qabul qilish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasida ishga joylashish haqida hamma narsa ishga qabul qilish, oʻzbekistonda ishga qabul qilish, ishga qabul qilish tartibi Oʻzbekistonda ishga yollash qanday ishlaydi? Bu yerda siz Oʻzbekiston Respublikasida ishga qabul qilish tartibi haqida maqolalar bilan tanishasiz. Oʻzbekistonda mehnat shartnomalarini tuzish va ishga qabul qilish qoidalari haqida hamma narsa kadrovik.uz saytida /oz/publish/doc/text181545_vakansiyalar_haqida_kim_habar_bermasligi_mumkin