Jamoa shartnomasini tuzish tartibi

preview

Tavsiyada:

– jamoa shartnomasi nima uchun kerak;
– jamoa shartnomasini tuzish uchun muzokaralar;
– jamoa shartnomasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
– jamoa shartnomasini tuzish muddati;
– tashkilotni qayta tashkil etish, mulkchilikning oʻzgarishi va tugatishda jamoa shartnomasining amal qilish muddati.

 

Mehnat kodeksida jamoa shartnomasini tuzish majburiyati koʻrsatilmagan. MKning 31-moddasi 5-qismiga  koʻra shartnoma tuzish toʻgʻrisida yozma taklif olgan tomon muzokara olib borishga majbur. Ya’ni, xodimlarning jamoa shartnomasi tuzish toʻgʻrisidagi taklifini e’tiborsiz qoldirib boʻlmaydi.  Biroq, tomonlardan hech biri yozma taklif yubormagan boʻlsa, jamoa shartnomasini tuzishga hojat yoʻq.  Ish beruvchi uning yoʻqligi uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

Jamoa shartnomasi nima uchun kerak

Xodimlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarga  qoʻshimcha tarzda kafolat, kompensatsiya va imtiyozlar berishni istasangiz, jamoaviy shartnoma tuzing. Bunday ijtimoiy kafolatlar mehnat unumdorligini oshirib, xodimlarning mehnat vazifalarini samarali bajarishiga turtki beradi.

Jamoa shartnomasida qonun hujjatlari tashkilotlarga imkoniyatidan kelib chiqib taqdim etadigan me’yorlarga ahamiyat qarating. Masalan, unda quyidagilarni belgilab qoʻying:

  • xodimlarni dam olish va bayram kunlari ishga jalb qilish mumkin boʻlgan holatlar;
  • ish vaqtidan tashqari ishlaganlik, dam olish va bayram kunlari hamda tungi smenalar uchun toʻlanadigan haqning aniq miqdori;
  • qoʻshimcha ta’til olish huquqiga ega boʻlgan korxonada ish oʻrinlari, kasblar va lavozimlar roʻyxati ; 
  • moddiy javobgar shaxslar roʻyxati ;
  • mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlari uchun mablagʻlardan foydalanish tartibi va boshqalarni belgilang.

Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalar boʻyicha oʻzaro majburiyatlarini kiritish mumkin ;

  • mehnatga haq toʻlash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qoʻshimcha toʻlovlar;
  • narxlarning oʻzgarib borishi, inflyatsiya darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan koʻrsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq toʻlashni tartibga solish mexanizmi;
  • xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta oʻqitish, ishdan boʻshatib olish shartlari;
  • ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta’tillarining muddatlari;
  • xodimlarning, shu jumladan ayollar va 18 yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta’minlash;
  • korxonani va idoraga qarashli turar joyni xususiylashtirish vaqtida xodimlarning manfaatlariga rioya qilish;
  • ishni ta’lim bilan qoʻshib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;
  • ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sugʻurta;
  • ish beruvchi tomonidan oʻz xodimlarining shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qoʻshimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari;
  • jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish, taraflarning javobgarligi, ijtimoiy sheriklik, kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlariga faoliyat koʻrsatish uchun tegishli sharoit yaratib berish.

Jamoa shartnomasiga korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan normalar va qoidalarda koʻrsatilganiga qaraganda imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlarni kiritish mumkin. Masalan, qoʻshimcha ta’tillar, pensiyalarga tayinlanadigan ustamalar, muddatdan ilgari pensiyaga chiqish, transport va xizmat safari xarajatlari uchun kompensatsiyalar, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning bolalarini maktabda va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tekin yoki qisman haq toʻlanadigan tarzda ovqatlantirish, boshqa qoʻshimcha imtiyoz va kompensatsiyalar va b.

Jamoa shartnomalarini tuzish uchun muzokaralarni qanday boshlash kerak

Har ikki tomon – ish beruvchi yoki vakillik organi vakili boʻlgan xodimlar (umumiy yigʻilish, kasaba uyushmasi) jamoa shartnomasini tuzish va muzokaralar olib borish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.

Tashabbuskor boshka tomonga jamoa shartnomasini tuzish boʻyicha muzokaralar boshlanganligi toʻgʻrisida yozma xabar yuborishi shart . Shundan soʻng boshqa tomon 7 kun ichida muzokaralarni boshlashi shart .

Agar kasaba uyushmasi jamoa shartnomasi tuzishga qaror qilgan boʻlsa, ikki tomonlama muzokaralar komissiyasiga kiritish uchun ishchilar vakillarini koʻrsatgan holda muzokaralar boshlanganligi toʻgʻrisida yozma xabar oling. Qabul qilingan taklif asosida ish beruvchining vakillarini komissiya tarkibiga kiritish toʻgʻrisida buyruk chiqaring. Komissiyaning yakuniy tarkibi, muddatlari, muzokaralar oʻtkazish joyini qoʻshma karor bilan tasdiqlang.

Komissiya yigʻilishlarida tomonlar vakillarining barcha takliflari va qabul qilingan qarorlar qayd etilgan bayonnomalarni yozib boring.

Kasaba uyushmasi soʻroviga javoban jamoaviy muzokaralar uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni takdim eting. Ushbu koidaga rioya kilmaslik ish beruvchining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.

Jamoa shartnomasi loyihasini  ishlab chiqish va tasdiqlash

Komissiya ishi davomida jamoa shartnomasi loyihasini ishlab chiqing va uni korxonaning barcha boʻlinmalariga (boshqaruv, boʻlimlar va boshqalar) xodimlar muhokama qilishi uchun yuboring. Namuna sifatida barcha tashkilotlar (namunali sxyema), shuningdek kichik korxonalar, davlat organlari, banklar, fermer xoʻjaliklari uchun  Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan jamoa shartnomasining tavsiya etilgan maketlaridan foydalanishingiz mumkin.

Bildirilgan barcha fikr va takliflarni toʻplang hamda umumlashtiring .

Ishlab takomiliga yetkazilgan loyiha mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi) muhokamasiga qoʻyiladi .

Agar muzokaralar davomida jamoa shartnomasi loyihasining ayrim bandlari boʻyicha kelishuvga erishishning iloji boʻlmasa, kelishmovchiliklar bayonnomasini tuzing.

Mehnat jamoasining yigʻilishi, basharti unda xodimlarning yarmidan koʻprogʻi ishtirok etgan, konferensiya esa – delegatlarning kamida 2/3 qismi boʻlsa, vakolatli xisoblanadi .

Jamoa shartnomasi loyihasini ovozga qoʻying. Jamoa shartnomasi, basharti uni umumiy yigʻilishda (konferensiyada) ishtirok etayotganlarning ellik foizidan koʻprogʻi yoqlab ovoz bergan boʻlsa, ma’qullangan hisoblanadi. Umumiy yigʻilish (konferensiya) bayonnomasini tuzing. Shundan soʻng 3 kun ichida tomonlarning vakillari bilan jamoa shartnomasini imzolang. Ish beruvchi nomidan shartnomani korxona rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs, xodimlar nomidan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi imzolaydi. Shuningdek, shartnomani imzolashda xozir boʻlgan ish beruvchi va xodimlarning vakillari imzolarini qoʻyishlari shart (Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan jamoa shartnomasi modelining sarlavha sahifasiga qarang).

Yigʻilish ishtirokchilarining koʻpchiligi qarshi ovoz bergan boʻlsa, jamoa shartnomasi loyihasini kelib tushgan istak va mulohazalarga muvofiq qayta ishlab, 15 kun ichida qayta koʻrib chiqishga yuboring.

Jamoa shartnomasi qancha muddatga tuziladi

Jamoa shartnoma muddatini tomonlarning kelishuvi bilan belgilang. Konunda anik muddat belgilanmagan. Muddatning borishi shartnoma imzolangan yoki shartnoma matnida koʻrsatilgan kundan boshlanadi.

Jamoa shartnomasi imzolangan vaqtdan e’tiboran yoki jamoa shartnomasida koʻrsatilgan kundan boshlab kuchga kiradi hamda taraflar belgilagan muddat davomida amal qiladi .

Amaldagi jamoa shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar tuzish tartibiga oʻxshash tarzda tasdiqlanadi.

Jamoa shartnomasini imzolagan shaxslar har yili yoki shartnomaning oʻzida maxsus koʻrsatilgan muddatlarda majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnat jamoasining umumiy majlisida (konferensiyasida) hisobot berib turadilar . Jamoa shartnomasini imzolagan shaxslar, ya’ni ish beruvchi va xodimlarning vakillari hisobot berishadi.

Tashkilotni kayta tashkil etish, mulkchilikni oʻzgartirish va tugatishda jamoa shartnomasining amal qilishi

Korxona qayta tashkil etilganda shu qayta tashkil qilish davrida jamoa shartnomasi oʻz kuchini saqlab qoladi, shundan keyin taraflardan birortasining tashabbusi bilan qayta koʻrib chiqilishi mumkin . Korxona tarkibi, tuzilishi, boshqaruv organining nomi oʻzgargan, korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham jamoa shartnomasi oʻz kuchini saqlab qoladi .

Korxona mol-mulkining egasi oʻzgarganda jamoa shartnomasi oʻz kuchini olti oy mobaynida saqlab qoladi. Bu davrda taraflar yangi jamoa shartnomasini tuzish yoki amaldagisini saqlab qolish, oʻzgartirish va toʻldirish haqida muzokaralar boshlashga haqli . Korxona qonunchilikda belgilangan tartib va shartlar asosida tugatilayotganda jamoa shartnomasi butun tugatish ishlari olib borilayotgan muddat davomida oʻz kuchini saqlab qoladi .

 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda jamoa shartnomasi-jamoa shartnomasi boʻyicha tavsiyalar saytda mavjud jamoa shartnomasi, jamoa shartnomasini qanday tuzish kerak, jamoa shartnomasi,jamoa shartnomalarining shartlari, oʻzbekistonda jamoa shartnomasi Oʻzbekistonda jamoa shartnomasi. Ijtimoiy va mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjat boʻyicha tavsiyalar veb-saytda mavjud kadrovik.uz /oz/publish/doc/text182096_jamoa_shartnomasini_tuzish_tartibi