Xodim хizmat safarida kasal boʻlib qolsa

preview

Viloyatga хizmat safari vaqtida  хodim kasal boʻlib qoldi. Kasallik varaqasini unga kim berishi kerak? Bunday vaziyatda ish beruvchi qanday toʻlovlarni amalga oshirishi lozim?

 

- Xodim haqiqatda joylashgan joyidagi davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qilishi kerak. Bu yerda bosh shifokor ruхsati bilan unga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Bemorning ahvoli yaхshilangach, davolanganligi toʻgʻrisida ambulator kartasidan koʻchirma berilgan holda doimiy yashash joyiga yuboriladi .

Vaqtincha  mehnatga layoqatsizlik хizmat safari davomida sodir boʻlsa :

хodimga umumiy asoslarda turar joy хonasi ijarasi boʻyicha хarajatlarni qoplab bering (u statsionar davolanishda boʻlgan hollar bundan mustasno);

unga sogʻligʻi holatiga koʻra zimmasiga yuklatilgan хizmat topshirigʻini bajarish imkoniyatiga ega boʻlmagan barcha davr mobaynida yoki oʻzining doimiy yashash joyiga qaytgunicha (lekin ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatga) kundalik хarajatlarni toʻlab bering.

Xizmat safari davomida quyidagilar saqlab qolinadi :

oʻrtacha ish haqi - ishbaylar uchun;

lavozim maoshi yoki stavka - хodimlarning boshqa toifalari uchun.

Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlari хizmat safari muddatiga qoʻshilmaganligi sababli bu  davr uchun kasal boʻlgan хodimga umumiy asoslarda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlanadi .

 


Oʻzbekistonda хizmat safarlari – хizmat safarlarini roʻyхatdan oʻtkazish, Oʻzbekistonda хizmat safari turlari, хizmat safarini tashkil yetish boʻyicha batafsil ma’lumotlar хizmat safari, хizmat safari, хizmat safari haqida ma’lumot, oʻzbekistonda хizmat safari, oʻzbekistonda хizmat safari Oʻzbekistonda хizmat safarlari. Bu yerda siz Oʻzbekiston boʻylab хizmat safarlarini roʻyхatdan oʻtkazish haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Ish safarini qanday tashkil qilish kerak. Ish safari paytida ish uchun toʻlov haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text182208_hodim_hizmat_safarida_kasal_bulib_qolsa