Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
«Xodim biometrik pasport bilan ishga qabul qilingan. Keyinchalik uning oʻrniga ID karta oldi. Xodimlar boʻyicha mutaxassis nima qilishi kerak? Mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuzish kerakmi?».
Savolga «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Shaxsni tasdiqlovchi hujjatni (pasportni ID-kartaga) almashtirish mehnat shartnomasidagi oʻzgarishlarga olib kelmaydi va ish beruvchiga ham, xodimga ham bogʻliq emas. Shuning uchun mehnatshartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuzishga hojat yoʻq.
Sizdan quyidagilar talab qilinadi:
1) xodimdan yangi hujjatni qabul qiling va uning ma’lumotlarini kadrlarga oid hujjatlar – T-2 shaxsiy kartochkasiga kiriting;
2) yangi hujjat nusxasini shaxsiy ishga ilova qiling;
3) oʻzgarishlar haqida buxgalteriyaga xabar bering;
4) ID-karta ma’lumotlarini YaMMTga kiriting. Bu haqda bosqichma-bosqich yoʻriqnomani bu yerda qarang:
Kelgusida xodimning ma’lumotlarini toʻldirishda uning ID karta ma’lumotlarini koʻrsating.