Xizmat safariga chiqish yoki kelish kunida ishga chiqish kerakmi

preview

«Xodim viloyatga xizmat safariga  uchmoqda, joʻnash soat 19.00 da. U safarga tayyorgarlik koʻrishi kerakligi uchun oʻsha kuni ishga chiqmasligini aytdi. Direktor bunga qarshi, hech boʻlmasa tushlikkacha ishlashi kerakligini, agar ishga chiqmasa "progul"qoʻyishini aytyapti. Xodim bir hafta oʻtgach, tungi reys bilan soat 01.00 da qaytib keladi. Shunga oʻxshash holat: direktor xodimdan kelgan kuni ishga chiqishni talab qilyapti.  Xodim esa yoʻldan keyin charchashini va uyquga toʻymasligini aytib, buni rad etyapti».

Bu vaziyatda kim haqligini «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA tushuntirdi:

 

-  Xizmat safariga chiqish kuni boʻlib transport vositasining joʻnash kuni – 00:00 dan 24:00 gacha boʻlgan vaqt hisoblanadi.  Kelish kuni — transport vositasida doimiy ish joyiga xuddi shunday 00:00 dan 24:00 gacha kelish kuni hisoblanadi. Agar stansiya, sohil (pristan), aeroport aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan boʻlsa, stansiya, sohil (pristan), aeroportgacha yetib olish uchun ketadigan vaqtni hisobga olish kerak boʻladi. Xuddi shunday tarzda xodimni doimiy ish joyiga yetib keladigan kuni hisoblanadi .

Shunday qilib, agar samolyotning joʻnash vaqti, masalan, 22 iyun soat 19:00 da boʻlsa, bu xodim xizmat safarining birinchi kuni boʻladi.

Xizmat safariga ketish va qaytish kunlarida ishga chiqish masalasi ma’muriyat bilan kelishilgan holda hal qilinadi. Bu xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 7-bandida nazarda tutilgan.  Shuning uchun tomonlar ham xodimning, ham ish beruvchining manfaatlarini hisobga oladigan umumiy yechimga kelishlari kerak.

Agar kelishishning iloji boʻlmasa, har qanday holatda ham bu vaziyatda ishga chiqmaganlik uchun "progul" qoʻyish mumkin emas, chunki yuqorida aytib oʻtilganidek, joʻnab ketish kuni xizmat safarining birinchi kunidir. Xizmat safariga yuborilgan xodimni xizmat safarida boʻlgan muddatida va yoʻlda boʻlgan muddatda ish joyi (lavozimi), ishbaylar uchun oʻrtacha ish haqi yoki lavozim maoshi yoki xodimlarni boshqa toifalari uchun stavkalari saqlanib qoladi.

Xodim xizmat safaridan qaytgandan soʻng ishga chiqish masalasi ham xuddi shu tartibda hal qilinadi.

Agar xodim xizmat safaridan samolyotda, masalan, 29 iyun kuni soat 01:00 da qaytsa, bu kun xizmat safarining soʻnggi kuni hisoblanadi.

 


Oʻzbekistonda xizmat safarlari – xizmat safarlarini roʻyxatdan oʻtkazish, Oʻzbekistonda xizmat safari turlari, xizmat safarini tashkil yetish boʻyicha batafsil ma’lumotlar xizmat safari, xizmat safari, xizmat safari haqida ma’lumot, oʻzbekistonda xizmat safari, oʻzbekistonda xizmat safari Oʻzbekistonda xizmat safarlari. Bu yerda siz Oʻzbekiston boʻylab xizmat safarlarini roʻyxatdan oʻtkazish haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Ish safarini qanday tashkil qilish kerak. Ish safari paytida ish uchun toʻlov haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text182356_hizmat_safariga_chiqish_eki_kelish_kunida_ishga_chiqish_kerakmi