Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2022 yil 1 iyulda 304-sonli «Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi. Bayram sanasi 9 iyulga (shanba) toʻgʻri kelmoqda. Shuning uchun 2022 yil iyul oyida ish soatlari taqvimi oʻtgan yilning dekabr oyida PQ-35 son asosida tasdiqlangan qaroriga nisbatan bir oz oʻzgaradi.
Yangilangan ish vaqti taqvimi quyidagicha koʻrinishda boʻladi:
2022 yil iyul |
|
|
|
|
|
|
DUShANBA |
SEShANBA |
ChORShANBA |
PAYShANBA |
JUMA |
ShANBA |
YaKShANBA |
|
|
|
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
13 |
14 |
15 |
16 |
17 |
18 |
19 |
20 |
21 |
22 |
23 |
24 |
25 |
26 |
27 |
28 |
29 |
30 |
31 |
- 5 kunlik ish haftasida ish vaqti normasi 20 ish kuni, 159 soatni tashkil qiladi.
- 6 kunlik ish haftasida – 23 ish kuni, haftasiga 40 soat norma boʻlganda 152 soat yoki haftasiga 36 soat norma boʻlganda 137 soatni tashkil qiladi.
Tegishincha, barcha ish rejimlari uchun ish vaqtining umumiy soni va 6 kunlik ish haftasi uchun ish vaqti normasi (1 kunga kamayishi) II chorakda va umuman 2022 yil uchun ham oʻzgaradi.
Bayram 9 iyul shanba kuniga toʻgʻri kelganligi sababli, juma 8 iyul barcha ish rejimlari uchun bayram arafasidagi kun hisoblanadi va kamida 1 soatga qisqartiriladi .
- 9 iyul – barcha ish rejimlari uchun ishlanmaydigan bayram kuni;
- 10 iyul – barcha ish rejimlari uchun yakshanba ishlanmaydigan kun;
- 11 iyul – barcha ish rejimlari uchun qoʻshimcha ishlanmaydigan kun
;
- 12 iyul – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha ishlanmaydigan kun.
5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 12 iyul 16 iyul, shanba kuniga oʻtkazilgan (16 iyul, shanba kuni ishlab beriladi) ishlanmaydigan kun boʻladi.
Shunday qilib, 2022 yil 16 iyul, shanba barcha ish rejimlari uchun ish kuni boʻladi.
Ta’til kunlarini hisoblashda 2022 yilning 9, 10 va 11 iyul kunlari kiritilmaydi, 12 iyul esa faqat 6 kunlik ish haftasi uchun ta’til hisob-kitobiga kiritilmaydi.
Valeriya LYaNDRES
«Norma» eksperti