Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Oʻrindosh xodimni asosiy ishga rasmiylashtirish uchun uni ishdan boʻshatish kerakmi
«Tashkilotda oʻrindoshlik asosida ishlaydigan xodim shu tashkilotning oʻziga asosiy ishga oʻtkazilmoqda. Buning uchun uni asosiy ish joyi boʻyicha lavozimga qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida buyruq chiqarish yetarli boʻladimi? Yoki egallab turgan lavozimidan boʻshatib, keyin yangi lavozim boʻyicha asosiy ishga qabul qilish kerakmi?».
Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:
– Ikkala variantni ham qoʻllash mumkin, ammo xodim uchun oqibatlar turlicha boʻladi:
1. Siz qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali mehnat shartnomasi shartlarini oʻzgartirishingiz mumkin. Bunda xodim asosiy ishga oʻtkazilgan sanadan qat’i nazar, ta’til jadvaliga muvofiq navbatdagi mehnat ta’tilidan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
2. Oʻrindoshlik boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilish va uni asosiy ish joyi boʻyicha tuzish mumkin. Bunday holda xodim bilan barcha foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya toʻlash bilan toʻliq hisob-kitob qilinadi
. Yoki foydalanilgan, lekin ishlab berilmagan ta’til kunlari uchun mehnat haqidan ushlab qolinadi
. Bu holda ta’tilni hisoblash uchun xodimning staji toʻxtatiladi. U yangi mehnat shartnomasi boʻyicha tuzilgan kundan boshlab 6 oydan keyin birinchi mehnat ta’tilini olishi mumkin.