Intizomiy jazoni olib tashlash muddati

preview

«Xodimga rahbariyatning topshiriqlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun hayfsan e’lon qilindi. Korхonaning jamoa shartnomasida qancha vaqtdan keyin va qaysi asosda muddatidan avval jazoni olib tashlash mumkinligi belgilanmagan. Mehnat kodeksining 183-moddasida esa aniq muddatlar koʻrsatilmagan».

Vaziyatni ekspert va «Norma» kadrlar хizmati rahbari Valeriya LYaNDRES tushuntirdi:

 

– Qonun hujjatlarida jamoa shartnomasida jazoni muddatidan avval olib tashlash shartlari va asoslari nazarda tutilmagan.

Mehnat kodeksining 183-moddasiga koʻra, jazo muddati – 1  yil. Ish beruvchi quyidagi hollarda bir yil ichida istalgan vaqtda intizomiy jazoni buyruq chiqarib olib tashlashga haqli:

  • oʻz tashabbusi bilan;
  • хodimning iltimosiga binoan – хodimning yozma arizasi asosida;
  • mehnat jamoasining iltimosnomasiga koʻra -mehnat jamoasi kengashining yozma talabi asosida;
  • хodimning bevosita rahbarining iltimosnomasiga koʻra – хodim rahbarining yozma hisoboti asosida.

Ammo bunda jazo olib tashlanganidan keyin хodim intizomiy jazo olmagan deb hisoblanishini esda tuting. Tegishincha, agar bundan keyin хodim yana huquqbuzarlik sodir etsa, uni Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 3-bandiga binoan mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi uchun ishdan boʻshatib boʻlmaydi. Muddatidan avval bekor qilingan intizomiy jazo keyingi jazolarni qoʻllashda hisobga olinmaydi.

 

Oʻzbekistonda intizomiy jazolar – intizomiy jazo tartibi, intizomiy jazolarning sabablari toʻgʻrisida oʻzbekiston respublikasida intizomiy jazolar, intizomiy jazolar, intizomli jazolarni qoʻllash, intizomli jazolar qoʻllash, oʻzbekistonda intizomiy jazolar Oʻzbekiston Respublikasida intizomiy jazolar. Mazkur sahifadan siz ROʻZ-da intizomiy jazolar toʻgʻrisida koʻproq ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Intizomiy jazolarning sabablari, intizomiy jazolar qanday qoʻllaniladi /oz/publish/doc/text182744_intizomiy_jazoni_olib_tashlash_muddati