Xodim attestatsiyadan oʻtolmasa, ish haqining bir qismini ushlab qolish mumkinmi

preview

«Xodimlar kasbiy layoqatlilikka majburiy attestatsiyadan oʻtishlari kerak. Rahbar undan muvaffaqiyatli oʻtgan xodimlarga mukofot berishni va qoniqarsiz natija koʻrsatganlarning ish haqidan 20 foizini ushlab qolishni rejalashtirmoqda. Shunday qilish mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa, unda qanday hujjatlar asosida (buyruq, attestatsiya natijalari)?».

Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:

 
 
–  Mehnat kodeksining 164-moddasiga muvofiq, umumiy qoidaga koʻra, xodimning yozma roziligi bilan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin. Agar u rozi boʻlmagan taqdirda  — sudning qaroriga asosan.

Xodimning roziligidan qat’i nazar quyidagilarni ushlab qolish mumkin:

       1) Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar;

2) sud qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish maqsadlari uchun summalar;

3) ish haqi hisobiga berilgan avanslarni soʻndirish summasi;

4) agar mehnat shartnomasi xodim uning hisobidan ta’til olgan yilning oxirigacha bekor qilinsa, ishlab berilmagan ta’til kunlari uchun kompensatsiya;

5) ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash, agar zarar miqdori xodimning oʻrtacha oylik daromadidan oshmasa;

6) Mehnat kodeksining 181-modda 1-qism 2-bandida nazarda tutilgan jarima.

Xodimning attestatsiyadan qoniqarsiz oʻtishi ushbu roʻyxatga kiritilmaganligi sababli, tegishincha xodim ish haqining bir qismini ushbu asosda ushlab qololmaysiz.

Qoniqarsiz attestatsiya natijalariga koʻra faqat boshqa kam malakali ishga oʻtkazish, xodim rad etgan taqdirda esa mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin .
 
Nima uchun attestatsiyaning qoniqarsiz natijalarini intizomiy huquqbuzarlik sifatida baholash mumkin emas
Agar xodim IMTQ  yoki jamoa shartnomasi bilan tasdiqlangan mehnat tartibini buzgan boʻlsa, intizomiy jazo chorasi sifatida jarima qoʻllanilishi mumkin.

Korxonada mehnat intizomi oʻz ichiga quyidagilarga rioya qilishni oladi :

  • mehnat qonunchiligi;
  • texnologik intizomni, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasiga qoʻyiladigan talablarni nazarda tutuvchi jamoa shartnomasi, IMTQ va korxonaning boshqa mahalliy hujjatlari shartlari;
  • har bir xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlari.

Shundan kelib chiqib, attestatsiyadan qoniqarsiz oʻtganlik korxonada mehnat intizomini buzuvchi huquqbuzarlik sifatida baholanmaydi. Tegishincha, xodimga nisbatan jarima koʻrinishidagi jazo qoʻllanilishi mumkin emas.

E’tibor bering
Yagona istisno: tashkilotning mahalliy hujjatlari yoki xodim bilan mehnat shartnomasida xodim attestatsiyadan oʻtolmagan (qoniqarsiz oʻtish) taqdirda ish haqining bir qismini ushlab qolish haqida band boʻlsa, ish beruvchi bunday sanksiyalarni qoʻllashga haqli boʻladi.

 

Oʻzbekistonda intizomiy jazolar – intizomiy jazo tartibi, intizomiy jazolarning sabablari toʻgʻrisida oʻzbekiston respublikasida intizomiy jazolar, intizomiy jazolar, intizomli jazolarni qoʻllash, intizomli jazolar qoʻllash, oʻzbekistonda intizomiy jazolar Oʻzbekiston Respublikasida intizomiy jazolar. Mazkur sahifadan siz ROʻZ-da intizomiy jazolar toʻgʻrisida koʻproq ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Intizomiy jazolarning sabablari, intizomiy jazolar qanday qoʻllaniladi /oz/publish/doc/text182755_hodim_attestaciyadan_utolmasa_ish_haqining_bir_qismini_ushlab_qolish_mumkinmi