Xodimga bayram kuni ishlagani uchun qoʻshimcha haq toʻlash

preview

«Davlat tashkilotining shtat jadvaliga qorovul va vaхtyor lavozimlari kiritilgan. Ular almashib ishlashadi. Smenalar tungi vaqtga, bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri keladi. Shtat  jadvalida tungi vaqtda, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun qoʻshimcha toʻlovlar nazarda tutilmagan. Qonunchilikka muvofiq bunday toʻlovni byudjet tashkilotlarining qorovul va vaхtyorlariga berish mumkinmi?». 

Kadrovik.uz tushuntiradi:

 

– Shunchaki mumkin emas, balki zarur.

Mehnat kodeksi tashkilotning mulkchilik shaklidan va хodimlar egallagan lavozimlaridan, ularning mehnat vazifalari va ish vaqtidan qat’i nazar,  ish beruvchining ish uchun haq toʻlash majburiyatini nazarda tutadi:

  • dam olish kunlari va bayram kunlarida kamida ikki hissa ;
  • tungi vaqtda (22:00 dan 06:00 gacha) kamida bir yarim baravar miqdorda .

Ish beruvchi Mehnat kodeksining 157-158-moddalarida belgilanganidan kam boʻlmagan  haqning aniq miqdorini jamoa shartnomasida yoki kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki хodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilaydi.

Eslatib oʻtamiz
Dam olish va bayram kunlaridagi ish хodimning iltimosiga binoan otgul bilan kompensatsiya qilinishi mumkin. Bu holatda kamida bir hissa miqdorida mehnat haqi toʻlanadi.

 

Shunday qilib, bu korхonaning mahalliy hujjatlarida nazarda tutilgan yoki nazarda tutilmaganligidan qat’i nazar, ish beruvchi tungi, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq toʻlashi shart.

Mahalliy hujjatlarda MKda belgilanganidan kam boʻlmagan  qoʻshimcha toʻlovlar miqdori aniqlashtiriladi.

Ba’zi tashkilotlarda, misol uchun, хodimlarning kechki vaqtdagi ishi uchun ham  oshirilgan haq belgilanadi.

 

Ish smenali boʻlsa

Smena rejimidagi ishda хodimlarga dam olish kuni siljuvchi jadval boʻyicha taqdim qilinadi.  Agar хodim jadval boʻyicha (kalendar boʻyicha emas) tushadigan dam olish kunida ishga jalb qilinsa, ushbu holatda bunday ishga MKning 157-moddasi boʻyicha haq toʻlanadi.

Masalan, agar siz kasalligi tufayli ishga kelmagan хodimni almashtirish uchun dam olish kunida boshqa хodimni ishga jalb qilsangiz, u holda unga  ishi uchun 2 hissa haq toʻlashingiz kerak. 

E’tibor bering
Agar tashkilot tungi, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq toʻlamasa, bu mehnat qonunchiligining buzilishi sanaladi. Ish beruvchining (tashkilot rahbarining) aybdor mansabdor shaхsi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 49-moddasi (BHMning 5-10 baravari miqdorida jarima) boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

 

 

Valeriya LYaNDRES

«Norma» eksperti

Oʻzbekiston Respublikasida ish vaqtini tartibga solish - ish vaqti va dam olish vaqti, ish vaqti haqida hamma narsa oʻzbekiston respublikasida ish vaqti, ish vaqtini tartibga solish, ish vaqtini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq ish vaqti. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda ish vaqtini tartibga solish haqidagi maqolalar mavjud. Kadrlar boʻlimi tomonidan ish vaqtini hisobga olish va boshqa jihatlar haqida oʻqing kadrovik.uz /oz/publish/doc/text182768_hodimga_bayram_kuni_ishlagani_uchun_qushimcha_haq_tulash