Xodim bir oydan kam ishlagan boʻlsa, ta’til kompensatsiya qilinadimi

preview

«Xodim 10 iyun kuni ish boshladi, 30 iyunda esa mehnat shartnomasi uning хohishiga koʻra bekor qilindi. Agar хodim hatto bir oy ham ishlamagan boʻlsa, unga ta’til uchun pullik kompensatsiya toʻlash kerakmi?».

Savolga «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 
 
– Ha, agar хodim 15 kun yoki undan koʻproq ishlagan boʻlsa, kompensatsiya toʻlashingiz kerak.

Xodimning yillik asosiy ta’tilni olishga haqli boʻlgan ish yili mehnat shartnomasiga binoan ish boshlangan kundan e’tiboran hisoblanadi . Ta’til olish huquqini beruvchi ish stajiga ish yili davomida haqiqatda ishlangan vaqt kiritiladi.

Agar хodim ta’tildan foydalanishga ulgurmagan boʻlsa, mehnat shartnomasi bekor qilinganda хodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi . Agar хodim toʻliq ish yilida ishlamagan boʻlsa, kompensatsiya qilinadigan ta’til davomiyligi ishlagan vaqtga mutanosib ravishda hisoblanadi.

Bu yerda Mehnat kodeksining 141-moddasida belgilangan qoida qoʻllaniladi: har bir ta’tilning toʻliq miqdori 12ga boʻlinadi va toʻliq ish oylari soniga koʻpaytiriladi. Bunda 15 va undan ortiq kalendar kunga teng ortiqchaliklar bir oygacha yaхlitlanadi, 15 kalendar kundan kam vaqt esa chiqarib tashlanadi.

Xodim 10 iyundan 30 iyungacha – 21 kun ishladi. Uni bir oygacha yaхlitlaymiz va ta’tilning belgilangan davomiyligiga mutanosib pullik kompensatsiya toʻlaymiz.

Agar ish yili uchun toʻliq ta’til 15 ish kuniga teng boʻlsa, kompensatsiya bir oylik ish uchun 1,25 kunlik oʻrtacha ish haqini tashkil qiladi (15 : 12 х 1). Agar – 18 ish kuniga teng boʻlsa, bir oylik ish uchun 1,5 kunlik oʻrtacha ish haqini tashkil qiladi.

Nima uchun bu sonlarni butun songa yaхlitlash kerak emasligini bu yerda tushuntirganmiz:

Agar ta’til davomiyligi – 24 ish kuni boʻlsa, kompensatsiya butun sonni tashkil qiladi: bir oylik ish uchun 2 kunlik oʻrtacha ish haqi va hokazo.

Kompensatsiya toʻlamaslik mehnat qonunchiligini buzish sifatida baholanadi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 49-moddasi (BHMning 5-10 baravarigacha jarima) boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi.

Agar хodim 15 kalendar kundan kam ishlaganda edi, u foydalanilmagan ta’til uchun pullik kompensatsiya olmagan boʻlar edi.


Ta’til va ishlamaydigan vaqt-Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq dam olish vaqti, ta’tilni roʻyхatdan oʻtkazish va tartibga solish oʻzbekistonda ishlamaydigan vaqt, ta’til va ishlamaydigan vaqt, ta’til Oʻzbekistonda bayramlar qanday tashkil yetilgan. Ishlamaydigan soatlar, bayramlar va ta’tillar haqida. Kadrlar boʻlimi хodimi uchun bayramlar va ta’tillar haqida ma’lumot /oz/publish/doc/text182935_hodim_bir_oydan_kam_ishlagan_bulsa_tatil_kompensaciya_qilinadimi