Oliy ta’lim maskanlaridagi oʻqish mehnat stajiga kiritiladimi

preview

«Xodimning mehnat daftarchasida universitetda oʻqiganligi haqida yozuv bor. Universitetning tasdiqlovchi muhri yoʻq. Universitetda oʻqish muddati xodimning mehnat stajiga  kiradimi?». 

Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:

 

– Agar OTMda oʻqish haqidagi yozuvni mehnat daftarchasiga ish beruvchi (ta’lim muassasasi emas) kiritgan boʻlsa, uni imzo va muhr bilan tasdiqlash shart emas. Bunday yozuv OTM tomonidan berilgan diplom asosida, menat daftarchasining 4-ustunida belgi qoʻyish bilan kiritiladi .

Agar  yozuvning haqiqiyligiga shubha qilsangiz, uni xodimning diplomi bilan taqqoslang. Agar diplom yoʻqolgan boʻlsa, ta’lim muassasasi arxiviga soʻrov yuboring.

OTMda kunduzgi oʻqish:

  • pensiya hisoblash uchun mehnat stajiga kiritiladi ;
  • vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha    nafaqa miqdorini aniqlash uchun stajga kiritilmaydi .



Oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot: xodim tugʻruq ta’tiliga chiqqanda, nafaqaga chiqqanida yoki nogiron boʻlganida ish beruvchi ijtimoiy yordamni qanday tashkil qilishi mumkin xodimlarning ijtimoiy ta’minoti, oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, xodimlarni ish beruvchidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot. Oʻzbekistonda mehnatkashlarning ijtimoiy ta’minoti haqida batafsil ma’lumot. Xodim tugʻruq ta’tilida nafaqaga chiqqan yoki nogiron boʻlganida ijtimoiy himoyani roʻyxatdan oʻtkazish shartlari. Siz xodimlarning ijtimoiy ta’minoti haqida koʻproq ma’lumot olishingiz mumkin boʻladi /oz/publish/doc/text182951_oliy_talim_maskanlaridagi_uqish_mehnat_stajiga_kiritiladimi