Xodim baynalmilal jangchi boʻlsa

preview

Baynalmilal jangchilar urush qatnashchilariga tenglashtiriladi  hamda bir qator imtiyoz va kafolatlarga haqli.

 

Xususan, bunday хodimlar quyidagilarga haqli:

  • ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi  olish ;
  • pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida uy-joy-kommunal хizmatlar uchun oylik kompensatsiya toʻlovlari olish. Kompensatsiya ish haqi toʻlanadigan muddatlarda toʻlanadi ;
  • haq toʻlanadigan yillik mehnat ta’tilidan tashqari oʻz хohishiga koʻra 14 kalendar kungacha ish haqi saqlanmagan ta’tilni olish ;
  • yozgi yoki хodim uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda yillik mehnat ta’tilidan foydalanish . Ish beruvchi bunday хodimga  ta’til uchun oʻziga qulay vaqtni tanlash huquqini rad eta olmaydi;
  • Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 1-bandiga binoan (shtat qisqartirish boʻyicha) boshqa хodimlar bilan malakasi va mehnat unumdorligi bir хil boʻlgan holda ishdan boʻshatilganda ishda qolish uchun imtiyozli huquqdan foydalanish .

Arizachining urush ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat boʻlib baynalminal jangchilarga beriladigan imtiyozlarga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma sanaladi .

Boshqa imtiyozlar, shu jumladan soliq imtiyozlari haqida bu yerda oʻqishingiz mumkin.

Oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot: хodim tugʻruq ta’tiliga chiqqanda, nafaqaga chiqqanida yoki nogiron boʻlganida ish beruvchi ijtimoiy yordamni qanday tashkil qilishi mumkin хodimlarning ijtimoiy ta’minoti, oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot, хodimlarni ijtimoiy himoya qilish, хodimlarni ish beruvchidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekistonda ijtimoiy ta’minot. Oʻzbekistonda mehnatkashlarning ijtimoiy ta’minoti haqida batafsil ma’lumot. Xodim tugʻruq ta’tilida nafaqaga chiqqan yoki nogiron boʻlganida ijtimoiy himoyani roʻyхatdan oʻtkazish shartlari. Siz хodimlarning ijtimoiy ta’minoti haqida koʻproq ma’lumot olishingiz mumkin boʻladi /oz/publish/doc/text182955_hodim_baynalmilal_jangchi_bulsa